Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonovning 2022-yil 24-martdagi shaxsiy tarkibga oid buyrug‘iga muvofiq, podpolkovnik Askarov O‘ktam Bahromovich rotatsiya tartibida Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ayni shu tartibda Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Muratov Akmal Bahodirovich Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, podpolkovnik Nurmatov Isroiljon Ibraimjonovich rotatsiya tartibida Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan podpolkovnik Naimov Bekzod Akram o‘g‘li rotatsiya tartibida Do‘stlik tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan avval Jizzax shahriga yangi prokuror tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »