Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy o‘quv yurtida tahsil olish va yashash maqsadida xorijga ketayotgan o‘zbek yoshlari tobora ko‘payib bormoqda. Hatto ayrim san’atkorlarning farzandlari ham shunday istak bilan chet elga yo‘l olmoqda. “Daryo” zurriyoti xorijda o‘qigan yohud o‘qiyotgan mashhurlarni bir sahifaga jamladi.

Gavhar Zokirova

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jamshid Zokirov va O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovalarning to‘ng‘ich farzandi Javohir 1990—1994-yillarda Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti(VGIK)da tahsil olgan. Asosan salbiy rollari orqali tanilgan aktyor Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi bir qancha mamlakat rejissorlari bilan ham hamkorlik qiladi.

Rashid Xoliqov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqovning ikkinchi o‘g‘li Islom Ispaniyada o‘qigan. U hozirda Toshkentda faoliyat yuritadi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“O‘g‘lim va kelinim boshida xorijda qolib, yashaymiz deyishgandi. Ammo unday bo‘lmadi. To‘rt yil chet elda o‘qib, bilimini O‘zbekiston rivoji uchun ishlatmoqda va bundan juda xursandman. Islom hozirda katta bir kompaniyada ishlaydi.

To‘ng‘ichim Sanjar Xitoydagi o‘qishini tashlab, Toshkentga qaytgan. O‘zini musiqada sinab ko‘rdi, bir qancha qo‘shiqlar aytdi. Keyin sohasini o‘zgartirdi. Uchinchi farzandim Timur ayni paytda ingliz tili bo‘yicha o‘zimizda o‘qiydi, ikkinchi bosqich talabasi. Uchinchi kursdan o‘qishini Londonda davom ettirmoqchi”, — deydi xonanda.

Yulduz Hamidova

“Temir ayol”, “Tangalik bolalar”, “Chavandoz”, “Tutash taqdirlar” kabi film va seriallardagi rollari bilan tanilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yulduz Hamidovaning farzandlari ikkita mamlakatda tahsil olgan. Uning sakkiz yildan beri Amerikaning Los-Anjeles shahrida yashayotganiga ham aynan qizlari sababchi bo‘lgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Egizak qizlarim Fotima va Zuhraga yoshligidan ingliz tilini o‘rgatganman. Ular Toshkentda ingliz tilini chuqurlashtirib o‘rgatiladigan maktabni tamomlagach, xorijda o‘qishni davom ettirishni istashdi. Avval Malayziyada, keyin AQShdagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qishdi. Amerikaga qizlarim bilan kelganman.

Ularga qo‘shilib men ham talaba bo‘ldim. Los-Anjelesdagi kollejda tahsil oldim. Shuni aytishim kerakki, ta’lim olish uchun hech qachon kech bo‘lmas ekan. O‘qishda moliyaviy tomondan yordam berishadi, ham til o‘rganaman. Ingliz tilini juda yaxshi bilaman, deb ayta olmayman”, — deydi aktrisa.

Ra’no Zokirova

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Vodillik kelin”, “Yodgor”, “Masxaraboz” singari ko‘plab filmlardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Zokirova to‘ng‘ich o‘g‘lini Rossiyada o‘qitgan. Farzandi Umid Sankt-Peterburgda san’at sohasida bilim olgan.

Zulxumor Mo‘minova

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulxumor Mo‘minovaning yolg‘iz farzandi Umid Rossiyada tahsil olgan va hozirda o‘sha yerda yashaydi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“O‘g‘lim Moskva davlat turizm universitetida o‘qigan. Ayni paytda Rossiyadagi nufuzli banklarning birida veb-dizayner bo‘lib ishlaydi. Uning yutuqlari, harakatidan hamisha quvonaman. Chunki farzandimning mendan boshqa qo‘llab-quvvatlaydigan hech kimi yo‘q.

Ona sifatida oliy o‘quv yurtida o‘qib, biror kasb egasi bo‘lishida yordam berdim, qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi. O‘z sohasida yaxshi mutaxassis sifatida e’tirof etilayotgani bu uning izlanish va mehnatlarining samarasi, o‘zining yutug‘i”, — deydi Zulxumor Mo‘minova.

Sobirjon Mo‘minov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minovning farzandi AQShdagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirgani bois oilasi bilan okean ortiga ko‘chib ketishga qaror qilgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“O‘g‘lim Amerika va Germaniyadagi oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, bir necha universitetga o‘qishga kirdi. Keyin Amerikani tanladi. Oilaga, farzand tarbiyasiga qattiqqo‘l, talabchan bo‘lganim uchun o‘g‘limni bir o‘zini jo‘natgim kelmadi. Shunday qilib bir kuni “Men Green Card to‘ldiraman, chiqadi, hammamiz birga ketamiz”, dedi. Rozi bo‘ldim, lekin chiqadi, deb o‘ylamadim. Bir kuni o‘g‘lim kelib, “Ada suyunchi bering, Green Card chiqdi, endi hammamiz Amerikaga birga ketamiz”, deb qoldi. Shundan keyin Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi filarmoniyadan zo‘rg‘a javob olib keldim.

Men butun umr davlatning ishida ishlaganman. Har doim ishni birinchi o‘ringa qo‘yardim. O‘g‘lim aldab-suldab Amerikaga olib kelib oldi. “Green Card’ni olasiz-u, keyin orqaga qaytasiz”, degandi. Yo‘q, Green Card’ni o‘ziga yarasha qonun-qoidalari bor ekan, qachon kirishingiz, qachon chiqishingiz belgilab qo‘yilgan ekan. Bu non-tuz, nasiba. Mana, bolalar o‘qishyapti. Men esa shu yerda konsert va to‘y tadbirlarini o‘tkazishni tashkillashtiruvchi kompaniya ochganman. Qo‘ldan kelgunicha o‘zbek milliy estrada san’atini AQShda namoyish etib kelmoqdaman”, — deydi Sobirjon Mo‘minov.

A’lo Rahimova

“Otash”, “Otmagay tong”, “Borolmadim” kabi qo‘shiqlari bilan o‘rta yosh vakillariga tanish xonanda A’lo Rahimova ham qizi tufayli xorijga ketishga majbur bo‘ldi. Chunki uning farzandi Shodiyabegim Mirzatillayeva Turkiyadagi universitetlardan birining talabasi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Qizim o‘tgan yili maktabni tamomlab, Istanbul universitetiga onlayn hujjat topshirgandi. Omadi kelib, talabalikka qabul qilindi. Ochig‘i, 18 yashar qizni yolg‘iz chet elga jo‘natishga qo‘rqdim. Xorijda o‘qib nima qilasan, deb qaroridan qaytarmoqchi ham bo‘ldim. Ammo kun kelib o‘zim istagan oliygohda o‘qitmagansiz, deb armon qilmasin deb, u bilan Turkiyaga keldim.

Bu qarorni osonlikcha qabul qilganim yo‘q. Chunki qizimga ham ota, ham onaman. O‘zbekistonda oddiy davlat ishida ishlaydigan xodim bo‘lganman. Ancha yillardan buyon to‘y xizmatlariga chiqmasligimni yaqinlarim yaxshi bilishadi. Ilgari ham musofirlikni boshdan o‘tkazib, Andijondan Toshkentga kelib, o‘rnimni topganman. Ammo u vaziyat bilan xorijga kelish o‘rtasida farq bor ekan. Hozir pulni tejashga ko‘proq harakat qilyapman. Negadir odamlardan “Toshkentdagi uyingizni sotib keldingizmi?”, degan gapni ko‘p eshityapman. Yo‘q, uyimni sotganim yo‘q. Vatanimda ham bir kulbam bo‘lishi kerak. Ayni kunlarda uy sotish haqida emas, Istanbuldan kichikroq bo‘lsa-da, uy olish haqida o‘ylayapman”, — deydi xonanda.

Guli Asalxo‘jayeva

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Guli Asalxo‘jayevaning ikkinchi o‘g‘li Javohir Xo‘jayev Turkiyadagi oliy o‘quv yurtida o‘qiydi. Aktyorlik bo‘yicha tahsil olayotgan Javohir ayni paytda ikkinchi bosqich talabasi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »