Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gollivudning mashhur komik aktyori Jim Kerri kinodagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Shu munosabat bilan minglab kinoixlosmandlar qalbidan munosib joy egallagan aktyor ishtirokidagi eng yaxshi filmlarni yodga olamiz.

Stenli Ipkiss / Loki, “Niqob”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Chak Rassellning ushbu filmi Jim Kerriga katta shon-shuhrat keltirdi. Qizig‘i shundaki, dastlab mashhur komiksga asoslangan kartinani dahshatli film sifatida suratga olish rejalashtirilgan. Ammo birdaniga hammasi o‘zgardi: bosh qahramon Stenlining qiyofasi — beso‘naqay, fantastik va kulgili — bu janrga to‘g‘ri kelmasligi ayon bo‘ldi. Filmda Jimmi nafaqat aktyorlik iste’dodini, balki bajarayotgan ishiga o‘ziga xos yondashuvini ham ko‘rsata oldi. Masalan, Kerri qahramoni – Lokk ruhiga kutilmagan va fantastik ko‘rinish berish uchun “ko‘ndalang tish”dan foydalangan. Aktyorning iltimosiga ko‘ra, u yorqin sariq kostyum kiygan. Jimmining yuz ifodalari shu qadar ifodali ediki, rejissorlar rezina niqobdan voz kechib, faqat grimdan foydalangan. Chiroyli raqsga tushadigan, epchillik bilan o‘qlardan qochib, turli multfilm qahramonlarining qiyofasiga kira oladigan, xushchaqchaq, kulgili va g‘ayrioddiy qahramonning harakatlarini shunchaki tomosha qilib bo‘lmaydi.

Lloyd Krismas, “Ahmoq va anqov”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Aka-uka Farrelli tomonidan suartga olingan mazkur komediyada Jim Kerri omadsiz Lloyd Krismas rolini o‘ynaydi. U hayratlanarli darajada kulgili qahramon va u kadrda paydo bo‘lganidan film oxirigacha tomoshabin o‘zini kulgidan to‘xtata olmaydi. Do‘sti bilan birga kulgili va ahmoqona vaziyatlarga tushib qolgan go‘l odamning obrazi tabassum va biroz hamdardlik tuyg‘usini ham uyg‘otadi.

Avvaliga Lloyd roliga Martin Short va Stiv Martin taklif qilingan. Bu aktyorlarni omadsiz qahramon rolida tasavvur qilish qiyin. Aytgancha, bu filmda ham aktyor o‘zining ijodiy yondashuviga sodiq qoladi: obraziga o‘ziga xos jihatlarni berishni unutmadi. Aynan shu filmda Jim devordagi eski gazetani o‘qirkan “Yo‘q, bunday bo‘lishi mumkin emas. Biz, Oyga qo‘nibmiz!” deya hazil qiladi.

“Eys Ventura: Uy hayvonlari detektivi”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Tom Shedyak rejissor bo‘lgan ushbu filmda Jim Kerri o‘zining ekstravagant chiqishlari va hazillari bilan boshqalarning sabr-toqatini to‘ldiradigan noodatiy xususiy detektiv rolini o‘ynaydi. Ventura, ayniqsa, jinoyatchilarni jonidan to‘ydirib yuboradi. Zukko va sinchkov detektiv hatto o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi. Futbol jamoasi timsoli — Qorparcha ismli delfinni o‘g‘irlagan yovuz odamlarning barcha intrigalariga Jim Kerrining qahramoni aqlbovar qilmaydigan zukkolik bilan javob beradi. Adolat g‘alaba qozonganda esa u filmdagi doimiy do‘sti — maymunga o‘xshab qoladi. Aytishlaricha, mazkur rolidan keyin Jim Kerri maymunning barcha qiliqlarini o‘rganib olgan va boshqa komediyalarda ham muvaffaqiyatli foydalangan.

Graf Olaf, “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Bred Silberling rejissorlik qilgan filmda avvalgi Jim Kerri — kulgili va ekssentrik odamni ko‘rmaymiz. Ushbu kartinada uning qahramoni Graf Olaf — ma’yus va dahshatli tip sifatida tasvirlanadi, uning xarakterida kulgidan asar ham yo‘q. Filmda odam qiyofasidagi yirtqich hayvon bechora yetimlarni quvib, ularga tegishli merosni tortib olishga urinadi. Graf Olafning boy bo‘lish istagi jirkanch va qabih. Hech kimga shafqat qilmaydigan bu yovuz odam obrazini Jim Kerri juda yorqin va ta’sirli tarzda ijro etgan.

“Grinch — Rojdestvo o‘g‘risi”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ron Xovard rejissorligida suratga olingan ushbu komedik filmida ham aktyor boshqa qiyofaga kirish san’ati bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirishdan to‘xtamaydi. Yashil ko‘zli yarim maymunsimon jonzot — Jim Kerrining yangi hayoliy obrazi. Aytgancha, Grinch roli uchun Eddi Merfi va Jek Nikolson ham taklif qilingan, ammo bu aktyorlarni bunday g‘aroyib jonzot qiyofasida ko‘rish tomoshabinlarning tasavvuriga sig‘maydi. Chunki faqat Jim Kerrigina shunday beqiyos rollar uchun tug‘ilgan. Uning Grinchi kulgili va achinarli. U butun umri davomida uning ustidan kulganliklari uchun shahar aholisidan qasos olish uchun ularning bayrami — Rojdestvoni o‘g‘irlashga qaror qiladi. Ammo Grinchni faqatgina odamlar kayfiyatini buzishga tayyor yovuz odam sifatida ko‘rmaymiz. Aslida Grinch — kulgili va mehribon maxluq bo‘lib, u insonlardan iliqlik va hamdardlikni qidiradi.

Ofitser Charli Beylgeyts / Xenk, “Men, yana men va Iren”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Aka-uka Farrellilar filmida Jim Kerri o‘ynagan bosh qahramon — politsiyachi Charli tabiatan juda mehribon odam bo‘lib, hayrtada qolgan qo‘shnilarining ko‘z o‘ngida bezoriga aylanadi. Qahramon shaxsiyatida bo‘linish boshlanadi va kurash jarayonida o‘zini qanday tutishni bilmaydigan qo‘pol va takabbur — Xenk tez-tez ustunlik qila boshlaydi. Charlini xafa qilganlar ikkinchi “men”ning g‘ayrioddiyligidan va rahmdil politsiyachi qayoqqa g‘oyib bo‘lganidan hayron. Film qahramoni ta’qiblar, otishmalar, aqlbovar qilmaydigan voqealarga duch keladi. Har soniyada bir obrazdan ikkinchisiga o‘tayotgan Jim Kerrini tomosha qilish juda kulgili manzara. Filmni tomosh qilish asnosida Gollivudda undan yaxshi komik yo‘qligiga yana bir bor amin bo‘lasiz.

Stiv Grey, “Aqlbovar qilmaydigan Bert Anderstoun”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Don Skardino rejissorlik qilgan mazkur komedik film Gollivudning yana bir e’tiborga loyiq asari bo‘lib, Jim Kerri yana bir bor Stiv Karell bilan birga rol o‘ynaydi. Bu safar Jim Kerriga antipod va bosh qahramoning raqibi roli beriladi. Ko‘cha ko‘zboylog‘ichi — Stiv Grey obrazi juda kulgili. Jim Kerrining gipnoz qilishdagi harakatlari biroz beo‘xshov ko‘rinsa-da, ammo har doimgidek tomoshabin kulgisiga sabab bo‘ladi.

Ebenezer Skruj, “Rojdestvo hikoyasi”

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Rejissor (bir vaqtning o‘zida ssenariy muallifi) Robert Zemekis, aftidan, aktyorlarni biroz “tejash”ga qaror qilgan ko‘rinadi. Chunki bu filmda Jim Kerri bir vaqtning o‘zida bir nechta rollarni ijro etgan. Dastlab u bosh qahramon Ebenezer Skruj obraziga kiradi — o‘zining ziqnaligi bilan mashhur bo‘lgan qari odamovi, bundaylar haqida qishda ulardan qor so‘rab bo‘lmaydi, deyishadi. Keyin uning bolaligi, o‘smirligi va yoshligini ham Jim Kerri o‘ynaydi. Shuningdek, Skrujga ko‘ringan uchta arvohni ham qo‘shsak, Jim Kerri ushbu filmda ijro etgan rollarining butun arsenaliga ega bo‘lamiz. Albatta, barcha obrazlar bir-biriga o‘xshamaydi. Ammo ularning har birida Jim Kerrining kulgili xarizmasini taxmin qilish mumkin va u har qanday tomoshabinni qanday kuldira olishni biladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »