Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

8-may kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xodimlariga “Fidokorona xizmatlari uchun” medallarini topshirdi. Taqdirlash marosimi Ukrainaga tashrif buyurgan Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Mukofotlanganlar orasida Patron laqabli it ham bor, u jangovor harakatlar kechayotgan hududlarda minalarni qidirishga yordam bergan. Patron ijtimoiy tarmoqlarda mashhur, Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari uni o‘zlarining tumori deb biladi.

“Men nafaqat portlovchi obyektlarni zararsizlantirishga yordam berayotgan, balki bolalarimizga mina xavfi mavjud bo‘lgan hududda zarur xavfsizlik qoidalarini o‘rgatishda ko‘maklashayotgan sapyor Patronni taqdirladim”, — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi “Interfaks-Ukraina”.

Patron Tryudo bilan tanishganidan xursand bo‘ldi, deb yozadi Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati o‘zining Telegram’dagi kanalida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »