Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘cha tarbiyachisi ikki nafar bolani bitta joyga yotqizib, o‘rniga o‘ziga yotib olgani aks etgan videolavha tarqaldi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi hodisa 2021-yilning 15-aprel kuni tasvirga tushirilgan. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, tegishli chora ko‘rilgan.

MTVning 2021-yilning 22-iyun kuni bergan ma’lumotiga ko‘ra, surishtiruv chog‘ida video 13-MTT hamshirasi N.M. tomonidan yashirin tarzda g‘ayirli maqsadda yozib olingani aniqlangan. U xonaga asta kirib, ayni o‘sha paytda tarbiyalanuvchi dam olishi uchun ajratilgan o‘rinlarning birida yotgan yordamchi tarbiyachi D.H.ning xatti-harakatlarini yashirin tasvirga tushirgan.

D.H. to‘g‘risidagi surishtiruvga ko‘ra, bu shaxs muqaddam mazkur tashkilotda yordamchi tarbiyachi bo‘lib ishlagan, ammo hozirda tumandagi pedagogika kolleji talabasi bo‘lgani bois joriy yilning 1-mart kunidan ishdan chetlatilgan.

Hozirda tashkilot uchun begona sanaluvchi D.H.ga voqea kuni 13-sonli MTT direktori N.J. tomonidan haqiqatan ham sanitariya me’yorlari va qoidalariga zid ravishda bir kunga o‘rindoshlik asosida ishga ruxsat berilgan. Tashkilot direktorining bu xatti-harakati uchun tegishli mutaxassislar tomonidan boshqarma boshlig‘i nomiga tushuntirish xati olindi va intizomiy chora qo‘llangan. Uning faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

N.M. bilan uchrashib, suhbatlashish imkoni bo‘lmagan. Chunki u bir necha kun davomida sababsiz ravishda ishga kelmagan, ishga jalb etish uchun yashash manziliga bir necha marta chaqiruv xatlari jo‘natilgan. Uning ustidan IIBga kiritilgan shikoyat mazmunidagi murojaat tergovga qadar surishtiruvda ko‘rib chiqilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »