Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘gay ona 11 yoshli qizga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Viloyat prokuraturasi ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, qizning xolasi I.H.ning Oltinko‘l tuman IIBga yo‘llagan arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra aniqlanishicha, o‘gay ona M.X. qizning otasi S.X. bilan 2016-yildan buyon qonuniy nikoh asosida yashab kelgan. Erining oldingi turmushidan bo‘lgan 11 yoshli qizi H.I.ni muntazam ravishda urib tan jarohati yetkazib kelgan.

22-may kuni o‘gay onasi tomonidan tan jarohati yetkazilgan qiz bobosi va buvisi istiqomat qilayotgan uyga qochib kelgan. Qiz ularga bo‘lgan voqeani aytib bergan va shu mahallada yashovchi (vafot etgan onasining ota-onasi) buvisining yashash xonadoniga olib borib qo‘yishlarini iltimos qilgan. Mazkur xonadonga borgandan so‘ng, qizning xolasi jiyaniga yetkazilgan tan jarohatlarni videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Viloyat prokuraturasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan fuqaro M.X.ga nisbatan 28-may kuni Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »