Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Kadastr agentligiga yil yakunigacha 20 ta vazirlikning kadastr ma’lumotlarini Milliy geoaxborot tizimiga to‘liq kiritish topshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 1-sentabrga qadar 205 ta tuman va shaharda 253 ta maxsus savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chalarini tashkil etish reja qilingan. Ushbu maqsadlar uchun o‘tgan yili respublika budjetidan 1,4 trillion so‘m, joriy yilda esa 900 milliard so‘m ajratilgan.

Xususan, Jizzax shahri “Jizzaxlik” mahallasidagi boshi berk ko‘cha Sharof Rashidov markaziy ko‘chasiga bog‘lanib, 1,4 kilometr avtomobil yo‘li, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari qurilgan. Savdo va servis obyektlariga tunu-kun ishlashga ruxsat berilgan. Natijada ilgari ushbu hududdagi 1 kvadrat/metr joy 2—3 million so‘mga ham sotilmagan bo‘lsa, hozir narxi 8—9 million so‘mga yetgan. Savdodan tushgan mablag‘larni boshqa ko‘chalarning infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirish ishlari boshlangan.

Viloyat hokimlariga Jizzax tajribasi asosida 1 tadan ko‘chani tanlab, ularni serqatnov ko‘chalarga ulash orqali servisni rivojlantirish loyihasini boshlash topshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »