Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudning afsonaviy aktyorlarini unutib bo‘lmaydi, faqat ular o‘zining eng mashhur roli bilan yodga olinadi. Ammo karyerasini ertaroq boshlagan aktyorlar debyut filmlarda tamoman boshqa ko‘rinishda bo‘lgan. Bollywoodtime nashri ularning bir nechtasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Dilip Kumar

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Dilip Kupar hind kinosining eng yorqin dramatik aktyorlaridan biri hisoblanadi. 1944-yilda Dilip rejissor Amiya Chakravarti tomonidan suratga olingan “Suv toshqini” filmida birinchi bosh rolini ijro etdi. Garchi drama muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lsa ham, vaqt o‘tishi bilan Dilip o‘zining iste’dodini ochib berdi. U juda uzoq va samarali hayot kechirdi.

Ashok Kumar

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Ashok Kumarning aktyorlik faoliyati 25 yoshida tasodifan boshlangan. “Yangi hayot” filmining bosh qahramoni Devika Rani suratga tushish jarayonida rejissor turmush o‘rtog‘ini tashlab, partnyori Najim Ul Hasan bilan qochib ketgan. Film prodyuserlari jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘lgan va o‘sha paytda ovoz muhandisi yordamchisi Sashadar Mukerji yordamga kelgan.

Birinchidan, u Devika Ranini erining oldiga qaytishga ko‘ndirdi. Haydalgan qahramonning o‘rniga esa xotinining ukasi — Ashok Kumarni almashtirishni taklif qildi. Keyinchalik Ashok 60 yildan ortiq vaqt davomida o‘z rollari bilan tomoshabinlarni xursand qildi.

Raj Kapur

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Hind kinosining shoumeni 1930-yillarda maktab o‘quvchisi sifatida filmlarda rol o‘ynagan. Uning kattalar aktyori sifatidagi birinchi asosiy roli “Moviy nilufar” loyihasida bo‘lgan. O‘sha paytda u atigi 23 yoshda edi.

Dev Anand

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Dev Anand ham “Biz birmiz” filmi bilan ilk bor katta ekranga chiqqanida atigi 23 yoshda edi, oradan 4 yil o‘tib prodyuserlikka qo‘l urdi va Suraya bosh rolni ijro etgan “Hukumat inspektori” filmini ekranga chiqardi.

Shammi Kapur

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shammi Kapurning filmlarda ishtirok etishi 1953-yilda boshlangan. Sanoatdagi ilk yillar uning uchun omadsiz keldi, chunki u ochiqchasiga akasi Raj Kapurga taqlid qildi va uning soyasi ostida qolib ketdi. 1960-yillardagina Shammi Kapur o‘z uslubini topdi va mashhurlikka erishdi.

Dharmendra

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

24 yoshida Dharmendra “Yurak ham, hayot ham siz uchun” melodramasida bosh rolni o‘ynadi (1960). Bollivudda hech qanday tanishi bo‘lmagan yosh chiroyli yigit ancha vaqt davomida shon-shuhrat cho‘qqisini egallab turdi. Uning karyerasining cho‘qqisi 70–80-yillarga to‘g‘ri keldi.

Shashi Kapur

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Shashi Kapurning aktyorlik karyerasi teatrda boshlangan, u yerda otasi Prithviraj Kapurga yordam bergan. Shashi oilaning eng kichigi bo‘lib, ukasi Raj Kapurning filmlarida ham bolalar rollarini o‘ynagan. Ammo birinchi katta rol unga 1961-yilda “Taqdir o‘g‘li” filmida nasib etdi.

Rajesh Xanna

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Rejissor Chetan Anand Bollivudda iste’dodlarni topish bilan tanilgan. Aynan u Rajesh Xanna ismli 24 yoshli bolani “So‘nggi maktub” (1966) filmida bosh rolga taklif qilgan. Keyinchalik bu maftunkor yigit Bollivudning birinchi super yulduzi sifatida tan olindi.

Amitabh Bachchan

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Amitabh Bachchanning karyerasi bugungi standartlar bo‘yicha juda kech — 27 yoshida boshlandi. Bu “Yetti hindistonlik” loyihasi edi, shundan so‘ng uning faoliyatida ancha vaqt qora chiziq tortildi. Ammo asta-sekin Amitabh hind kinosining haqiqiy afsonasiga aylandi.

Mithun Chakraborti

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Yuqoridagi ko‘plab aktyorlardan farqli o‘laroq, Mithun Chakrabortining kinoga kelishi tasodifiy emas. U Kino va televideniye institutini tamomlagan va rejissor Mrinal Senning “Qirollik ovi” (1976) bengal filmida debyut qilgan, buning uchun u nufuzli Milliy mukofotga sazovor bo‘lgan. Mithun o‘sha paytda 25 yoshda edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »