Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kliplari telekanallarda namoyish etilmasa-da, qo‘shiqlari YouTube tarmog‘ida millionlab ko‘riladigan o‘zbek ijodkorlari haqida ma’lumot bergandik. Ular nafaqat internet tarmoqlarida, balki to‘y-xizmatlarida ham faol. Ularning gonorari 10-15 yildan buyon ijod qilayotgan ba’zi xonandalarning xizmat haqqidan yuqori desak ham bo‘ladi. Xo‘sh, YouTube’dagi yulduzlarning to‘ylardagi “birrov”lari qancha?

Janob Rasul

Foto: Instagram / @janob_rasul_official_

Foto: Instagram / @janob_rasul_official_

Xonanda 1987-yil 21-iyunda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida tug‘ilgan. Uning familiyasi Saitchanov, ilk klipida Raj Kapurning “Janob 420” filmiga taqlid qilgan. Shundan so‘ng muxlislar unga Janob Rasul taxallusini berishgan. Xonanda ijodni boshlaganiga 20 yildan oshdi. Ammo  10 yil deganda “Captiva” qo‘shig‘i orqali odamlar og‘ziga tushgan. Hozirgi kunda u Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Turkmanistondagi eng talabgir xonanda hisoblanadi.

Janob Rasulni poytaxtdagi to‘yga olib kelmoqchi bo‘lganlar kamida 2000-2500 AQSH dollarini hozirlab qo‘yishlari kerak. Xorazmdagi to‘ylarga esa shuning teng yarmi miqdoridagi pulni sarflashga to‘g‘ri keladi. Faqat xonandani to‘yga taklif etish uchun kamida ikki oy avval bo‘sh kunni band qilish shart.

Jaloliddin Ahmadaliyev

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Jaloliddin Ahmadaliyev 1992-yil 12-sentabr kuni Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida dunyoga kelgan. U “Ona, seni unutganim rost”, “Yor bizdan ketdi”, “Menda qolmadi dil”, “Tuproqdan bo‘lgansan, tuproq bo‘lasan”, “Eh jo‘ralar”, “Xavotirdaman”, “Dadamning soyasida” kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan.

Xonanda to‘y xizmatlariga chiqayotganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. Ammo u hozirgi kunda eng talabgir xonandalardan biri hisoblanadi. Uning poytaxt to‘ylaridagi “birrov”i 1000 AQSH dollariga baholanmoqda. Vodiyda esa bu narx ikki barobargacha ortishi mumkin. “Ijodini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan xonandaning xizmat haqqi buncha qimmat?”, deb ko‘pchilik qiziqishi aniq. Sababi xonanda to‘ylarda faqat jonli ijroda kuylaydi va u o‘zi bilan birga o‘ndan ortiq sozandalarni olib boradi.

Osman Navro‘zov

<strong>Foto: Instagram / @osmannavruzov_official</strong>

Foto: Instagram / @osmannavruzov_official

Xonanda 2013-yildan turkman tilidagi qo‘shiqlarni kuylab ijodni boshlagan. Ammo hech bir qo‘shig‘i omadli chiqmagan. Besh yil ijod qilib, hafsalasi pir bo‘lgan Osman Navro‘zovga Rossiyadagi do‘sti bir nechta qo‘shiqlarning g‘oyasini yuborgan. Xonanda ular ichidan “Lyubimaya” qo‘shig‘ini tanlab olgan. Hozirgi kunda mazkur qo‘shiq YouTube tarmog‘ida 98 million marta tomosha qilingan.Osman Navro‘zovning poytaxtdagi “birrov”lari 1500 AQSH dollariga baholanmoqda. Xorazm va Qoraqalpog‘istondagi xizmat haqlari esa to‘yxona manziliga qarab baholanadi.

Gulinur Egamberganova

Foto: Instagram / @guliinursinger

Foto: Instagram / @guliinursinger

Xonanda Gulinur Egamberganova 1994-yil Xorazm viloyatida dunyoga kelgan. U kasb-hunar kollejini tamomlagach, to‘ylarda qo‘shiq kuylashni boshlagan. U hech qanday musiqiy ma’lumotga ega emas. 2013-yilda ijod qilishni boshlagan xonandaning “Jo‘ji qoro”, “Baliqcham”, “San o‘yna” va “Popurri” kabi kliplari YouTube’da bir necha million marta tomosha qilingan.Xorazm to‘ylarida faol Gulinurning poytaxtdagi “birrov”lari 1000 AQSH dollaridan kam emas. Viloyatdagi to‘ylarning narx-navosi esa manziliga qarab belgilanadi.

Muhammad Ziyo

Foto: Instagram / @muhammadziyo.offical

Foto: Instagram / @muhammadziyo.offical

Xonanda 1993-yil Andijon viloyatining Marhamat tumanida dunyoga kelgan. Xonanda ijodidagi “Guljahon”, “Akaxonlarim” va “Sizda ham pul ko‘payib ketdi” qo‘shiqlari YouTube’da yaxshi natijalarni qayd etgan.

U 12 yoshidan buyon to‘y-hashamlarda xizmat qilishini intervyularida ta’kidlab o‘tgan. Xonanda ayni kunlarda Toshkent to‘ylarida faol bo‘lishga jiddiy ahd qilgan. U poytaxt to‘ylaridagi “birrov”ini 450-500 AQSH dollariga baholamoqda. Vodiydagi to‘ylar narxi esa 800 AQSH dollari etib belgilangan.

Doston Ergashev

Foto: Instagram / @dostonergashevofficial

Foto: Instagram / @dostonergashevofficial

Xonanda Doston Ergashev 1992-yili Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida tavallud topgan. U bolaligidan torli cholg‘ularni chalib, qo‘shiq aytishga qiziqqan. Uning tanilishiga ham gitara chalib kuylagan kaver qo‘shiqlari sabab bo‘lgan.Doston Ergashev “Uylanamiz”, “Ko‘zmunchog‘im”, “Dada”, “Ey do‘stim” kabi qo‘shiqlari bilan tinglovchilar mehrini qozongan.To‘ylar borasida xonandaning bozori chaqqon. U poytaxtning o‘zidagi “birrov”larga 500 AQSH dollaridan kamiga bormaydi. Viloyat to‘ylaridagi narx-navo esa manzilning uzoq-yaqinligiga qarab ortib boraveradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »