Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroni mas’ul lavozimga tayinlab berish uchun katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 13-oktabr kuni DXX, IIV, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro M.F. (1982-yilda tug‘ilgan ayol) va uning shar’iy turmush o‘rtog‘i D.A. til biriktirib, fuqaro Q.A. (ayol)ning ishonchiga kirgani aniqlangan. Ular fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent viloyati Nurafshon shahri hokimligi xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i etib, keyinchalik esa hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlab berishini va’da qilgan. Ular xizmati evaziga 200 ming dollar so‘ragan.

Tezkor tadbir davomida ular Toshkent shahridagi “Novza” metro bekati oldidagi savdo majmuasida fuqarodan kelishilgan pulning 130 ming dollarini olayotganda ushlangan.

M.F. va D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan. D.A.ga nisbatan 54 million so‘m jarima va 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. M.F.ga esa 27 million so‘m jarima va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilangan.

Avvalroq Qashqadaryoda uch nafar fuqaroni temiryo‘l uzeliga ishga joylashtirish uchun qariyb 70 mln so‘m olgan shaxs ushlangani, Buxoroda tadbirkorlarni aldab, 51 ming dollar pulni qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olingani, Andijon va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan ish va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlangani haqida xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »