Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Daryo” fotomuxbiri 14—22-iyun oralig‘ida Gruziyaning Tbilisi va Batumi hamda Ozarbayjonning Boku kabi shaharlarida bo‘ldi. Safar davomida ushbu manzillarning o‘ziga xos jihatlari aks etgan lahzalarni kadrlarga muhrladi. Jumladan, har ikki davlatda uysiz it va mushuklarga bo‘lgan munosabat, ularning odatiy ko‘cha hayotini kuzatdi.

Tbilisi ko‘chalaridan birida odamlar orasida bamaylixotir ketib borayotgan it.

Tbilisi ko‘chalaridan birida odamlar orasida bamaylixotir ketib borayotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Gruziya

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 5 yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida uysiz hayvonlar, jumladan, itlarning soni 43 mingdan ortiqqa ko‘paygan. Mushuklar hisobi esa yuritilmaydi. To‘rt oyoqli do‘stlarimizni deyarli har qadamda uchratish mumkin. Ular shaharning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hukumat jonivorlarning soni ortib borayotganidan Xavotirda ekanligini bildirgan. Shu maqsadda davlat tomonidan it va mushuklarni sterilizatsiya hamda kastratsiya qilish, quturish kasalligi tarqalmasligi uchun vaksinalash yo‘lga qo‘yilgan. Gruziyada agressiv hayvonlar ta’qib qilinmaydi, balki ularni ushlab, kinologlar nazoratida ishlangandan so‘ng egalari qidiriladi. Aksariyat mahalliy aholi vakillari ularni ko‘chadan boqib ham oladi, jonivorlarni himoya qiladigan nodavlat tashkilot, uyushma va jamiyatlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Mas’ullar xo‘jayinlari it va mushuklarini uydan haydab yubormasligi uchun ro‘yxatga olish muhim ekanligini ta’kidlaydi. Ikkinchi muhim jihat sifatida sterilizatsiya. Odamlar uy hayvonlarini boqib yoki sotib olayotganida ko‘paymasligiga ishonch hosil qilgan holda olishi kerak, deb hisoblashadi. Ko‘plab mamlakatlarda hayvonlarni ko‘paytirish huquqi faqatgina ayrim kompaniyalarga tegishli xolos.

Mamlakatda uysiz hayvonlarni nazorat qilishning baza yoki tizimi yo‘q ekanligi ta’kidlanadi. Biroq ular qandaydir tibbiy muolajalarni olganidan darak beruvchi maxsus chiplar o‘rnatilishi doimiy amaliyot sirasiga kiradi. Hayvonlar populyatsiyasini tartibga solish qoidalari to‘g‘risidagi qonun loyihasi 5 yildan beri parlamentda ekanligi aytiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tegishli qonun mavjud bo‘lmaguncha it va mushuklar bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmaydi.

Ko‘cha musiqachisi g‘amxo‘rlik qilayotgan it va mushuk bolasi.

Ko‘cha musiqachisi g‘amxo‘rlik qilayotgan it va mushuk bolasi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Tbilisi ko‘chalaridan birida yo‘ldan xotirjam o‘tayotgan it.

Tbilisi ko‘chalaridan birida yo‘ldan xotirjam o‘tayotgan it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘cha musiqachisi tabassum bilan qarab turgan uysiz it.

Ko‘cha musiqachisi tabassum bilan qarab turgan uysiz it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Gruziya parlamenti yonida sayr qilib yurgan uysiz it.

Gruziya parlamenti yonida sayr qilib yurgan uysiz it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bolasi bilan turgan ona it.

Bolasi bilan turgan ona it.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ozarbayjon

Ozarbayjonda hayvonlarni himoya qilish choralari qonun hujjatlari va xalqaro konvensiyalarni qabul qilish, tashkilotlarni tashkil etish, xabardorlik kampaniyalari, ta’lim va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 2003-yil 22-oktabrda Ozarbayjon uy hayvonlarini himoya qilish bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga imzo chekib, uni 2007-yil 19-oktabrda ratifikatsiya qilgan. Konvensiya 2008-yildan kuchga kirgan. Mazkur hujjat uy hayvonlarining salomatligi va farovonligini oshirishga, ularni himoya qilish va ularga nisbatan munosabat haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan. Ozarbayjonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik, jumladan, qarovsiz itlarni otib tashlash uchun javobgarlikka tortilish mumkin. Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikni targ‘ib qilish, shuningdek, it jangi yoki buqalar jangi kabi o‘yin-kulgilarga taqiq qo‘yilgan.

Ozarbayjonda hayvonlar huquqlarini tartibga solish Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining Biologik xilma-xillikni muhofaza qilish xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda respublika kinologiya ittifoqi, uysiz hayvonlar uchun “Candor school” nomli markaz, Qutqaruv markazi va uysiz hayvonlar uchun yagona markaz, safari bog‘i, Hayvonlarni himoya qilish jamiyati kabi turli-tuman tashkilotlar faoliyat yuritadi.

Hayvonlarni veterinariya xizmatida ro‘yxatga qo‘ymasdan boqish 200 manat, shafqatsiz munosabat natijasida nobud yoki mayib qilish 500 manat jarimaga sabab bo‘ladi. Itlarni ko‘chada va transportda faqat bog‘ichda, katta zotlilarini-tumshug‘iga bog‘ich taqib olib yurish mumkin. Ozarbayjon Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ham it egalari ushbu qoidalarni buzganlik uchun 200 manat miqdorida jarima solishni nazarda tutiladi. 2022-yilning yanvarida Bokuda uysiz it va mushuklarni ovqatlantirish bo‘yicha pilot loyiha ishga tushgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »