Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Taniqli xonanda va tadbirkor Rianna Forbes jurnali e‘lon qilgan AQShning 40 yoshgacha bo‘lgan eng boy milliarderlari ro‘yxatiga kiritildi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Hozirda 34 yoshda bo‘lgan yulduz ketma-ket uchinchi yil Forbes jurnali e’lon qilgan Amerikaning eng yosh boy ayollari ro‘yxatiga kiritildi. Xonanda 2022-yildagi umumiy reytingda 21-o‘rinni egalladi. Hozircha u 40 yoshgacha bo‘lganlar orasida yagona milliarder hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, uning umumiy boyligi holati 1,4 milliard dollarga baholanmoqda. U musiqiy loyihalar, Fenty Beauty va Fenty Skin kosmetik brendlari, shuningdek, Savage X Fenty brendi orqali ham pul topadi.

Bloomberg’ning 2022-yil mart oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Savage X Fenty kompaniyasi ishlab chiqarishni oshirmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya 3 milliard dollarga baholangan. Rianna kompaniyaning 30 foiz aksiyalarga egalik qiladi. Shuningdek, kompaniya 2020-yilda 550 million dollar daromad keltirgan. Bundan tashqari xonanda Fenty Beauty aksiyalarining yarmiga egalik qiladi. Fenty brendlariga fransuz LVMH konglomerati vakillari tomonidan asos solingan.

Rianna 2012-yilda iqlim o‘zgarishini o‘rganish dasturlariga homiylik qiluvchi Clara Lionel Foundation (CLF) xayriya jamg‘armasiga asos solgan. Oradan bir yil o‘tib ilk tashabbuslardan biri MAC Cosmetics kompaniyasi xonandaning lab bo‘yog‘ini sotish orqali OIV, OITSga chalingan ayollar va bolalar uchun 60 million dollar yig‘di. Yanvar oyida esa u Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsi bilan #SmartSmall tashabbusini boshlab, iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha turli tashkilotlarga 15 million dollar xayriya qildi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »