Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sanoatqurilishbank”ning Buxoro mintaqaviy filiali rahbari xizmat xonasida to‘kin dasturxon atrofida o‘tirgan bank mas’ullarining ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri holatni o‘rgandi.

Videoyozuvdan anglashilishicha, bank mas’ullari 2021-yilning 20-mart kuni bir dasturxon atrofida to‘plangan. Oradan bir yarim yilcha vaqt o‘tgach, tasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan. Shundan so‘ng bankning besh nafar mas’ullariga nisbatan qat’iy intizomiy chora ko‘rilib, mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

Ta’kidlanishicha, bazmda filialda faoliyat yuritib kelgan xodimlar bo‘lgan.

Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

Filial rahbari o‘rinbosari Qodir Asadovning so‘ziga ko‘ra, bazm videokuzatuv kamerasiga tushib qolgan va noma’lum shaxs tomonidan kompyuterdagi tasvir qo‘l telefoniga ko‘chirib olingan.

Qodir Asadov.

Qodir Asadov.
Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

“Sanoatqurilishbank” viloyat mintaqaviy filiali rahbari etib tayinlanganiga endigina bir oy bo‘lgan Sherzod Xalilov o‘z xizmat xonasida bazm uyushtirgan bank xodimlari jazolanganini bildirdi.

Sherzod Xalilov.

Sherzod Xalilov.
Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

“Bundan bir yarim yilcha ilgari Navro‘z bayrami arafasida, ya’ni 2021-yilning 20-mart, shanba kuni bank filiali xodimlari uchun ishdan tashqari holatda dasturxon tashkil qilingan bo‘lgan. Haqiqatan ham bunday bazmlar xizmat xonalarida tashkil qilinmasligi kerakligi hammamizga ma’lum. Videotasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, holat ayon bo‘ldi. Rahbariyat bilan kelishgan holda, bazm uyushtirgan mas’ul xodimlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rildi. Besh nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bundan keyin ham bunaqa holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun nazoratni o‘z zimmamizga olamiz”, — deydi Sherzod Xalilov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »