Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni paytda hibsda saqlanayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning safdoshlari Vladimir Putinning sobiq rafiqasi Lyudmila Ocheretnaya haqida film e’lon qildi, deb yozadi Meduza.

Film boshlanishida Mariya Pevchix prezident sobiq rafiqasining shaxsi haqida gapirgan, bunda Navalniy safdoshlari fikricha, Lyudmila Putina yashirincha yuritib kelgan blogdagi ma’lumotlarga tayangan. Ushbu akkauntdagi so‘nggi post 2008-yilda yozilgan.

44 daqiqalik rolikning katta qismi uning daromad manbalariga bag‘ishlangan, ularning asosiysi, mualliflar fikricha, Moskvadagi “Volkonskiy uyi”dir. U Lyudmila Putinaning turmush o‘rtog‘i Artur Ocheretniy boshqaradigan “Shaxslararo muloqotlarni rivojlantirish markazi” jamg‘armasiga tegishli; uning o‘ziga tegishli bo‘lgan “Meridian” kompaniyasi esa ushbu binolarni subijaraga (ijaraga olingan mulkni qayta ijaraga berish) beradi.

Filmda aytilishicha, so‘nggi uch yil ichida “Shaxslararo muloqotlarni rivojlantirish markazi” “Gazprombank”, “Severstal” va Moskva hukumatidan 400 million rubldan ortiq mablag‘ olgan. Markaz tomonidan to‘langan xarajatlar orasida — qimmatbaho italyan mebeli va sport treneriga millionlab to‘lovlar bor. “Meridian” ko‘chmas mulk ijarasi uchun yiliga yuz millionlab daromad oladi.

Film mualliflari tayangan bank provodkalariga ko‘ra, Lyudmila Putina 2020-yil martida “Meridian”dan o‘z shaxsiy hisobiga 192 million rubl qabul qilgan. Rossiya sobiq birinchi xonimi, shuningdek, “Karmani” mikromoliyaviy tashkilotida hamda smartfonlarni ijaraga beruvchi “Zaprosto!” firmasida ulushiga ega.

Filmda Yevropadagi Artur Ocheretniyga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining drondan olingan tasvirlarini ko‘rish mumkin. Bular Biarritsadagi uy, Davosdagi kvartira va Malagadagi ikkita kvartiradir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »