Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Odatda aktyorlar rolga taklif etilganida ssenariy, gonorar summasi va qaysi aktyorlar ishtirok etayotganiga qiziqishadi. Chunki ba’zi aktyorlarning “qora ro‘yxat”lari bor. Ular ko‘p hollarda “qora ro‘yxat”dagi hamkasblari bilan bir filmda suratga tushishni istashmaydi.

Durdona Qurbonova va Feruza Normatova

Durdona Qurbonova va Feruza Normatova “Million” jamoasidagi ishtirokidan so‘ng, bir-biri bilan arazlashib qolgan. Durdona Qurbonova hamkasbi bilan o‘rtasidagi kelishmovchilikni quyidagicha izohlagan.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— Nega munosabatimiz yaxshi emasligini u aktrisadan so‘rash kerak. O‘sha paytda o‘rtamizda har xil gap so‘zlar bo‘lgan, hozir hammasiga to‘g‘ri qarayman. Atrofdagi insonlar ha deb itaraverishsa, unga talpinavermaysiz-ku. Bundan tashqari, salomga yarasha alik olinadi. U aktrisa ham muomalasiga yarasha javob olgan. Lekin hozirgi kunda ularga nisbatan dushmanchiligim ham, ortiqcha gapim ham yo‘q, — degan aktrisa Durdona Qurbonova.

Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov

Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov ham bir paytlar yaqin do‘st bo‘lishgan. Afsuski, hozirda moliyaviy kelishmovchilik sabab ularning munosabati buzilgan.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— Shohrux o‘zi suratga olayotgan filmiga taklif etgan. “Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov ‘Oshiqlar’ filmida birga suratga tushib, fayz olishgan. Biz ham bir filmda suratga tushaylik”, degan. Rozi bo‘lganman. Ammo gonorar keyinroq berilishini aytgandi. To‘g‘ri, syomkaga borganimda yo‘l puli berilgan, ammo umumiy summa keyinroq berilishini aytgan. Suratga olish ishlari yakunlanganidan keyin avariyaga uchrab qoldim. Ertalab tonggi 4:00 da Shohruxga qo‘ng‘iroq qildim. Chunki o‘sha paytda pul kerak edi. “Haligi puldan berasanmi? Avariyaga uchradim”, desam hol-ahvol so‘rab “Yo‘q, hozir u pulni ololmaymiz, hisobga tushmagan. Keyinroq oldingga o‘taman”, dedi. Ammo u film ijodkorlaridan hech kim kelmadi va gonorarimni ham berishmadi. Aslida bu gapni aytmoqchi emasdim. Faqatgina ko‘rsatuvda sherdan qo‘rqqanim uchun bunga majbur bo‘lganman, — deydi aktyor Shahzod Sultonov.

Xonzoda va Durdona Qurbonova

Durdona Qurbonova yana bir aktrisa bilan tortishib qolgan. Ya’ni u Xonzoda — bolalikdagi dugonasi Durdona Qurbonova bilan umuman gaplashmaydi. Bunga sabab Xonzodaning intervyularning birida o‘zini Durdonadan ustun ko‘rgani sabab bo‘lgan.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— Durdona mendan “Poydevorim undan balandroq” degan gapim uchun xafa bo‘lgan. Shu intervyudan keyin urishib qolganmiz. Agar professional aktrisa bilan birdek ko‘tarilgan bo‘lsak ham u mendan o‘zini ustun deb bilsa, qarshi bo‘lmayman.

Durdona bilan ilgari munosabatimiz yaxshi bo‘lgan. Uning onasi ham juda yaxshi ayol. Uylariga ham borganman. Singillari bilan tanishganman. Durdonaning onasi hind filmlarini yaxshi ko‘rgani uchun qizining aktrisa bo‘lishini istagan. U ijodini kollej vaqtidan boshlagan. Men esa maktabda o‘qib yurgan vaqtimdan syomkalarga borganman. Menimcha, u gapimni to‘g‘ri qabul qilishi kerak edi, — deydi aktrisa Xonzoda.

Zuhra Soliyeva va Saida Rametova

Taniqli aktrisa Saida Rametova jiyani Zuhra Soliyeva bilan munosabatlari yaxshi emas. Ular ancha yillardan buyon bir-biri bilan gaplashmaydi.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— Nega meni bunchalik yomon ko‘rishlari bilmayman. Ammo teatrda ko‘pchilikning orasida “Jiyanim Xudo urgan inson. Shuning uchun ham haligacha uyi ham, oilasi ham yo‘q. Undan ehtiyot bo‘linglar, ilm-u amal qilib, rolingizni tortib olyapti”, deganlarida juda noqulay vaziyatga tushib qolganman. Undan avval ham menga bo‘lgan munosabatlari unchalik yaxshi emasdi. Yuzimdan chimchilab “Buncha xunuk kulasan?” derdilar, kulishimni ham yoqtirmasdilar. Nima qilay Xudo bergan husn va kulgi. Atayin shunday kulmayman-ku, derdim. Ammo uyga kelib oynaning oldida “Nega buncha xunuk ekanman”, deb yig‘lardim. O‘shanda Xudoyim kulgim orqali mashhurlik berishini bilmagandim, — deydi aktrisa Zuhra Soliyeva.

Aktrisa Saida Rametova esa intervyularining birida jiyanidan xafa emasligini, uni allaqachon kechirganini ma’lum qilgan.

— Zuhra Soliyeva jigarim va shogirdim. U niholni o‘zim ekdim, o‘stirdim va bugun meva beryapti. U yoshlik qilib bir nimalar degandir yoki atrofdagilar yolg‘on gaplarni yetkazishgandir. Yoshim katta bo‘lgani uchun bunday narsalarga e’tibor bermayman. Uning qanotlarini sindirib qo‘yishni istamayman. Uning rahmatli otasi va egizagi Fotimaga va’da berdimmi, gapimning ustidan chiqaman. Unga qo‘lidan tutib, “Mehnat qilsang, sabr qilsang mashhur san’atkor bo‘lasan”, degandim.Qizim yo‘q bo‘lgani uchun uni qizimdek yaxshi ko‘rganman. Uni Toshkentga olib kelib, o‘qishi uchun yordam berdimmi, endi bir-birimizga kerak bo‘lib yuraylik. Men uni kechirdim. Mendan o‘tgan bo‘lsa, u ham kechirsin, — degan aktrisa Saida Rametova.

Zilola G‘ulomova va Mashhura Zulfiqorova

Bu aktrisalar ham bir-biri bilan iliq munosabatda emas. Hatto birga filmda suratga tushishini ham istashmaydi. Ammo eng qizig‘i, Mashhura Zulfiqorova ijro etgan rollarga ko‘p hollarda Zilola G‘ulomova ovoz beradi.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— Zilola menga ko‘p marta pand bergan. Menga ovoz bersa, bu mening emas, ovoz rejissorlarining tanlovi. Bu ishi uchun haq oladi. Uning oldida hech qanday tili qisiqlik joyim yo‘q,— deydi Mashhura Zulfiqorova.Aktrisalar o‘rtasidagi jiddiyatga erkak kishi sabab bo‘lgan. U ham aktyor va ikki yil avval Zilola G‘ulomovaga uylangandi. Afsuski, ular ko‘p o‘tmay ajrashishgan. Bunga aktyorning boshqa qiz bilan oila qurgani sabab bo‘lgan.

Bahora Arslonova va Yulduz Rajabova“Artist” sitkomida birga suratga tushgan aktrisalarning bugungi munosabatlari ham u qadar iliq emas. Bunga Bahora Arslonovaning “Mendirman Jaloliddin” serialida bosh rolni ijro etgan aktyor haqida joylagan posti sabab bo‘lgan.

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

— “Mendirman Jaloliddin” serialida o‘zimizning aktyorlar bosh rolni ijro etishi kerak edi, deb Instagram’ga post qoldirgandim. Bu gapim negadir Yulduz Rajabovaga og‘ir botdi. Bu bilan turk aktyorini kamsitmoqchi emasman. Ammo undan-da kuchli o‘zbek aktyorlari bo‘la turib, Jaloliddin rolini o‘zga millat vakili ijro etgani meni haligacha achchiqlantiradi. Afsuski, bu fikrlarimni hamkasbim Yulduz Rajabova noto‘g‘ri tushundi. Unga fikrimni tushuntirmoqchi bo‘ldim, ammo mavzu chuqurlashib ketishini istamadim. Bu postdan keyin ko‘pchilik meni qoralab, hasadgo‘ylikda aybladi. Ammo xalq yonimni olib, Yulduzga qarata haqoratomuz so‘zlarni aytishdi. Shundan so‘ng dugonamga ortiqcha gap tegishini istamay, postni o‘chirib tashlashga qaror qildim. “Turk aktyoriga osilmasang-chi” degan gaplar qiz bola sha’niga yaxshi emas-ku, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

Yoqub Ahmedov va Saida Saidbekova

Foto: Kollaj

Foto: Kollaj

Bu aktyorlar juftligi ham bir filmda suratga tushishmaydi. Bunga ular o‘rtasidagi kelishmovchilik emas, balki avvalgi iliq munosabatlari sabab ekan. Ularning birga ijod qilishlarini aktrisaning turmush o‘rtog‘i qat’iy talab qilishi haqidagi gaplar ko‘p marta quloqqa chalingan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »