Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur san’atkor va boshlovchilarning xizmat haqlari hamisha omma uchun qiziq. Quyida O‘zbekistondagi eng reytingi yuqori boshlovchilarning to‘ylardagi gonorari bilan bog‘liq ma’lumotlar keltiriladi.

Dilnoza Kubayeva

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Aktrisa 2013-yildan buyon birinchilikni qo‘ldan boy berayotgani yo‘q. Uning xizmat haqqi 1000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Tan olish kerak, Dilnoza Kubayeva ishtirok etgan davra pozitiv kayfiyatga boy bo‘ladi. Aktrisa endilikda nafaqat boshlovchi, balki xonanda sifatida ham to‘ylarda ishtirok etishini ma’lum qildi.

— Tirikchilikning aybi yo‘q, agar chin dildan istab to‘ylarida qo‘shiq aytishimni so‘rashsa, nega rad etishim kerak, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.

Davron Kabulov

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

“Million” jamoasining rahbari Davron Kabulovning gonorar summasi 600 AQSH dollarini tashkil qiladi. Ko‘pchilik “Million” jamoasini to‘ylarga taklif qiladi. Ammo Davron Kabulov jamoaning to‘ylarda ishtirok etishini unchalik yoqtirmaydi.

Dildora Rustamova

Foto: Instagram / @dildorarustamova_official

Foto: Instagram / @dildorarustamova_official

Professional suxandon Dildora Rustamova ham eng qimmat boshlovchilardan biri hisoblanadi. U to‘ydagi gonorarini 500 AQSH dollariga baholaydi. Suxandon to‘ydagi hamkasbi ham professional bo‘lishini istaydi.

Farhod Alimov

Foto: Instagram

Foto: Instagram

To‘ylarda davrani rus tilida olib boradigan boshlovchi Farhod Alimovning gonorari esa 600 AQSH dollaridan kam emas. Bu boshlovchi uchun to‘ydagi hamrohining darajasi u qadar muhim emas. Ammo u rus tilida, hamkasbi esa sof o‘zbek tilida gapirishini istaydi.

Nilufar Sotiboldiyeva 

Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

Foto: Instagram / @nilufarsotiboldieva

Yana bir mashhur va qimmat boshlovchilardan biri bu Nilufar Sotiboldiyeva hisoblanadi. Keyingi paytlarda ijodi asosan to‘y xizmatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolgan ijodkor birgina to‘ydagi ishtirokini 600 AQSH dollariga baholaydi. U yolg‘iz o‘zi ham to‘yda boshlovchilik qilishi mumkin. U uchun erkak hamkasbining birga davra olib borishi u qadar muhim emas.

Rayhon Ulasenova 

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

Mahoratli aktrisa Rayhon Ulasenova boshlovchilik borasida ham katta tajribaga ega. Keyingi paytlarda u teleloyihalardan biroz uzoqlashgan bo‘lsa-da, to‘ylardagi faoliyatini cheklayotgani yo‘q. Uning to‘ylardagi ishtiroki 500 AQSH dollariga baholanadi.

Jamshid Umurzoqov

Foto: Instagram / @jamshid.umirzoqov

Foto: Instagram / @jamshid.umirzoqov

Professional suxandon Jamshid Umurzoqovning to‘ydagi gonorar summasi ham 500 AQSH dollarini tashkil etadi. U keyingi paytlarda taniqli ayol hamkasblari bilan emas, o‘zi kasb sirlarini o‘rgatgan shogirdlari bilan to‘ylarda boshlovchilik qilmoqda.

Rixsitilla Abdullayev 

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Teatr va kino aktyori Rixsitilla Abdullayev Toshkent to‘ylaridagi eng talabgir boshlovchilardan biri hisoblanadi. Uning to‘ydagi ishtiroki 400 AQSH dollariga baholanadi. Darvoqe, u to‘ylarda boshlovchilik qilishdan tashqari, tashkiliy ishlar bilan ham shug‘ullanadi. Ya’ni u san’atkorlarning to‘yga kelishini ta’minlab beruvchi tashkilot faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Nigora Karimboyeva

Foto: Instagram / @nigorakarimbayeva_

Foto: Instagram / @nigorakarimbayeva_

Nigora Karimboyeva nafaqat professional aktrisa va boshlovchi hisoblanadi, balki to‘ylarda boshlovchilik qilishi bo‘yicha ham katta tajribaga ega. Uning to‘ylardagi xizmat haqqi 400 AQSH dollarini tashkil etadi.

Zara Shirinova

Foto: Instagram / @zara_shirinova

Foto: Instagram / @zara_shirinova

Teleboshlovchi Zara Shirinova ham to‘ylarda faol. U 300 AQSH dollari evaziga to‘yda boshlovchilik qilishi mumkin. Zara ko‘proq Farhod Alimov va Davron Kabulovga hamrohlik qiladi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »