Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur turk aktrisasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan uning ijodiy yo‘li va shaxsiy hayoti haqida suhbatlashamiz.

Slavyan ildizlari

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Neslihan Istanbulda tug‘ilgan, lekin uni haqiqiy turk ayoli deyish biroz noto‘g‘ri. Aktrisaning onasi belarus, otasi esa cherkas. Ko‘pchilik qon aralashganligi sababli Atagulning shunday jozibali ko‘rinishga ega deb hisoblaydi.

Oilaviy qiyinchiliklar

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Aktrisaning oilasi boy bo‘lmagan. Onasi uy bekasi bo‘lib, bolalarini tarbiyalagan — Neslihanning katta akasi ham bor, otasi esa haydovchi bo‘lib ishlagan. Otasining puli tirikchilikka zo‘rg‘a yetardi, shuning uchun oila boshlig‘i xotini va bolalarini boqish uchun tez-tez qo‘shimcha ish ham qilardi.

Onasining yordami

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ko‘pchilik qizining go‘zalligiga qoyil qolayotganiga e’tibor bergan onasi uning modellik karyerasida muvaffaqiyat qozonishi mumkin deb o‘ylaydi. Shu sababli qizini turli xil kastinglarga olib boradi, reklama agentliklariga yuborish uchun portfolio tayyorlaydi.

Erta kelgan omad

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Atagul sakkiz yoshga to‘lganda turk agentligi unga ish taklif qiladi. Qiz reklama roliklarida faol suratga tusha boshlaydi va televizorda ko‘rinadi. 14 yoshida aktrisa o‘zining birinchi kino asari — “Birinchi muhabbat” filmida rol o‘ynaydi. Ushbu loyihada ishtirok etgani uchun u hatto “Oltin pilla” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Dunyo miqyosidagi muvaffaqiyat

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

2013-yilda Neslihan Turkiyada mashhur bo‘lgan “Istanbulning ikki yuzi” serialida suratga tushadi, ammo haqiqiy muvaffaqiyat hali oldinda edi. 2015-yilda aktrisa “Muhtasham yuz yil” yulduzi — Burak O‘zchivit bilan birga “Sevgi iztirobi” serialida ishlay boshlaydi. Serial nafaqat Turkiyada, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhur bo‘ldi.

Ulkan sevgi

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

“Istanbulning ikki yuzi” serialining suratga olish maydonchasida aktrisa sujetga ko‘ra qahramoni oshiq bo‘lgan Qodir Do‘g‘ulu bilan tanishadi. Natijada haqiqiy hayotda ham aktyorlar bir-biriga nisbatan nozik his-tuyg‘ularni boshdan kechiradi.

Kadirning aytishicha, meni birinchi ko‘rganida uni kimdir otib tashlanganga o‘xshagan. Men esa hech narsani his qilmadim deb o‘ylaganman. Lekin unday emas edi. Menda ham nimadir bo‘lgan, lekin buni so‘z bilan ifodalay olmayman. Kadir va men bir-birimiz bilan bog‘langan edik, — deydi aktrisa.
Kadir Neslihandan 11 yosh katta, lekin ular yoshda unchalik katta farqni his qilishmaydi. 2016-yilda juftlikning to‘yi bo‘ldi, unga 200 ga yaqin mehmon taklif qilindi.

Erining taqiqi

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Atagul Do‘g‘ulu bilan baxtli bo‘lsa-da, “Sevgi iztirobi” serialining muxlislari uning hamkasbi Burak O‘zchivit bilan uchrashayotganiga amin edilar, chunki aktyorlar sevishganlarni juda ishonchli tarzda o‘ynashgan.

Biroq ular faqat ish yuzasidan munosabatlarga ega edilar, garchi ular filmda bir necha marta bo‘sa olishlari kerak edi. Yana bir ehtirosli bo‘sadan so‘ng, Kadir sevgilisiga Burak bilan suratga olish maydonchasidan tashqarida gaplashishni taqiqladi, aftidan, u mish-mishlar qachondir haqiqat bo‘lib chiqishidan qo‘rqqan.

Turmush o‘rtog‘i bilan doim birga

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Neslihan Kadir hayotidagi asosiy insonlardan biri ekanligini yashirmaydi. O‘zining sevgilisi uchun aktrisa hatto “K” harfini tatuirovka qildirgan va shu bilan u butun umri davomida u bilan birga bo‘lishni xohlayotganiga ishora qilgan.

Tabiiy go‘zallik uchun

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Atagul kundalik hayotda pardozsiz yurishni afzal ko‘radi — u har bir inson o‘ziga xos tarzda go‘zal ekanligiga ishonadi, shuning uchun tabiiyligingizni kosmetika ortiga yashirmaslik kerak. Albatta, suratga olish paytida aktrisa makiyaj qiladi, shunda ham yengil pardozni afzal ko‘radi.

Plastik jarrohlik

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Neslihan tabiiylikni qadrlasa-da, tashqi ko‘rinishini biroz o‘zgartirgan. Aktrisaga burnining shakli yoqmaydi, shuning uchun u rinoplastika qildirgan.

Sevimli taomi

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Atagul kartoshkani juda yaxshi ko‘radi va ko‘pincha u bilan turli xil ovqatlar pishiradi — bularning barchasi slavyan ildizlariga ega ekani tufayli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »