Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Inson uchun qadrli bo‘lgan narsalar o‘g‘irlansa yoki yo‘qotib qo‘yilsa, uning kayfiyatiga yoki ruhiyatiga ham ta’sir qilishi mumkin, biroq bunday holatlarni oldindan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham shaxsiy buyum yoki qadrli narsalarni yo‘qotmaslik uchun har doim hushyor bo‘lish lozim. O‘zbek san’atkorlari orasida xuddi shunday holatga tushgan, ya’ni o‘g‘irlik qurbonlari bo‘lganlar ham bor.

Parizoda 

Mahoratli raqqosa Parizoda Samarqandda telefonini yo‘qotib qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, uning qo‘l telefonini ayollar xonasidan o‘g‘irlab ketishgan. Raqqosa uning ichida 1 terabayt xotirasi bo‘lganini ta’kidlagan. Parizoda telefoni qattiq himoyalangani uchun uni hech kim ishlata olmasligini ham aytgan.

Foto: Instagram /@parizodadancer

Foto: Instagram /@parizodadancer

“Kayfiyatim yo‘q, chunki telefonimni o‘g‘irlab ketishdi. To‘g‘rirog‘i, yo‘qotib qo‘ydim. Kimdir meni topa olmayotgan bo‘lsa, Instagram sahifamda administratorimning raqami yozilgan. Meni hozircha shu raqamdan topasiz. Kameralarni ochib tashladik, lekin uni topa olmadik. Eng achinarlisi, o‘g‘ri — ayol kishi. Ayollar xonasida telefonim yo‘qolib qoldi. Kimdir iPhone’ni topishning qandaydir sirlarini bilsa, yordam bersa, xursand bo‘lardim. Bir narsani bilaman, telefonni olgan odam uni ishlata olmaydi. U juda qattiq himoyalangan. Uning ichida 1 terabayt xotira bor edi”, — deydi raqqosa.

Biroz vaqt o‘tib, raqqosa telefonini qaytargan odamga katta mukofot puli berishini ma’lum qilgan, biroq shunga qaramay, uning telefoni topilmagan. U onasining telefonini ishlatib turganidan so‘ng, yana yangi iPhone sotib olganini ma’lum qildi.

Yulduz Usmonova

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Instagram’dagi sahifasida mushugini yo‘qotib qo‘yganini ma’lum qilgan. Xonanda uni olib ketganlardan qaytarishni so‘ragan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Nyusha ismli mushugim yo‘qolib qoldi, shuni izlayapman. Mushugimning muxlislari ko‘p, men u uchun xavotir olyapman. Mushugim sterillangan, yaqinda mushukchalarni dunyoga keltirgan, kim olgan bo‘lsa, qaytarishini so‘rayman. Uning o‘z ratsioni bor, maxsus ovqatlar yeydi, boshqa narsalarni yemaydi”, — degan edi xonanda.

Jahongir Otajonov

Jahongir Otajonov Instagram’dagi sahifasida Istanbul shahridagi ofisi oldidan uning shaxsiy avtomobili o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Kulgim ham keladi, Istanbulda mening mashinamni o‘g‘irlab ketishibdi. Odam hayron bo‘ladi. Hayot qiziq ekan, kimdir mashinangni o‘g‘irlab ketsa, kimdir uyingni ‘uxlatib’ ketadi, odam o‘rganib ham qolar ekan bunaqa hayotga”, — deydi xonanda.

Shahzoda Matchonova

Shahzoda Matchonova shu yilning aprel oyida Yevropada oilasi bilan hordiq chiqarib qaytdi. Ushbu sayohat davomida aktrisa o‘g‘irlik qurboni bo‘ldi.  Shahzoda begona mamlakatda telefonini yo‘qotib qo‘ygan.

Foto: Instagram /@shahzodamatchanova

Foto: Instagram /@shahzodamatchanova

“Farzandimning qanday dunyoga kelgani, birinchi yig‘isi, birinchi suratlari, birinchi marta dada degani hamda birinchi marta turli mevalarni tatib ko‘rgandagi reaksiyasi aks etgan rasm va videolarning hammasi telefonimda edi, onalar mening holatimni yaxshi tushunadi”, — degan edi aktrisa.

Foto: Instagram /@shahzodamatchanova

Foto: Instagram /@shahzodamatchanova

Nargiza Salmonova 

Nargiza Salmonova unga Turkiyadan jo‘natilgan kargodagi narsalarni, ya’ni atirlarini o‘g‘irlashganini aytgan. Aktrisa bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: Instagram /@nargiza.salmanova

Foto: Instagram /@nargiza.salmanova

“Menga Turkiyadan kargo keldi, lekin xizmatlari umuman yoqmadi. Adashmasam, tuhmat bo‘lib qolmasin, narsalarim ochilgan. Menga yuborilayotganda bunaqa ahvolda emas edi, kargoyimdagi 3 ta atir yo‘qolibdi”, — degan edi aktrisa.

Shahzoda Muhammedova

Shahzoda Muhammedova Italiyaning Milan shahriga shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazish uchun borganida telefonini o‘g‘irlatgan. Aktrisaning ma’lum qilishicha, uning telefonini shahardagi tilanchilardan biri o‘g‘irlagan va u ovqatlangan restoranda kameralar bo‘lmagani sababli politsiya xodimlari o‘g‘rilarni topa olmagan.

Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

Foto: Instagram /@shaxzoda__muxammedova

“Bugun nonushtada Milan markaziy ko‘chasidagi restoranning tashqi ko‘cha qismida ovqatlanib o‘tirgan edik, stolim tepasiga bir gadoyga o‘xshash yosh qiz keldi va stol ustiga gazetaga o‘xshash bir varaqli menyu qo‘ydi va qo‘li bilan bir nimalarni ko‘rsatdi, yo‘q, yo‘q kerak emas, dedim va u qaytib ketdi. Ketganidan keyin qarasam, telefonim yo‘q. Qo‘lidagi qog‘ozni telefonimning ustiga qo‘ygan edi. Chap qo‘li bilan telefonimni olib, o‘ng qo‘li bilan esa gazetani ko‘rsatgan ekan.

Xullas, rosa yig‘ladim va juda xam hayotdan xafa bo‘lib ketdim. Restoran tepasida kamera yo‘q ekan. Politsiyalar gadoy, o‘g‘rilarni topa olmasligini tushunib yetdim”, — deb yozib qoldirgan Instagram’dagi sahifasida Shahzoda Muhammedova.

“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva

“Afandining qizlari” kulgi jamoasi a’zosi Muborak Abdullayeva Turkiyada telefoni va pullarini yo‘qotib qo‘ygan. Ma’lum bo‘lishicha, ular 10 qismli sitkomni suratga olish uchun Turkiyaga borgan va sayohat davomida savdo majmuasiga kelgan. Aktrisa o‘zi uchun narsalar sotib olmoqchi bo‘lgan. Aynan shu savdo majmuasida Muborak Abdullayeva o‘z telefonini o‘g‘irlatib qo‘ygan. Buni bilgandan keyin u politsiyaga murojaat qilgan. Shundan so‘ng ular politsiya idorasiga borgan.

Foto: Instragram /@muborakabdullayevaa

Foto: Instragram /@muborakabdullayevaa

“Biz politsiyaga keldik. Savdo majmuasidaligimizda Muborakning telefonini o‘g‘irlab ketishibdi. Hazillashishyapti deb o‘ylashingiz mumkin, ammo hazil emas. Xullas, aytib berishimizdan maqsad, Turkiyaga kelganingizda juda ehtiyot bo‘ling. Bu yerda o‘g‘rilar juda ko‘p ekan. Lekin vijdoni bor o‘g‘ri ekan, yo‘l haqi tashlab ketibdi. Kulishni ham, yig‘lashni ham bilmadik”, — degan edi Nigora Abdullaxonova Muborak Abdullayevaning Instagram sahifasida.

Madina Mumtoz

Foto: Instagram / @madinamumtoz

Foto: Instagram / @madinamumtoz

Aktrisa va xonanda Madina Mumtoz ham 2016-yilda boshqa ayrim hamkasblari singari o‘g‘irlik qurboni bo‘lgan. O‘g‘rilar uning mashinasining oynasini sindirib, ichidagi buyumlarini o‘g‘irlashga uringan. Bu haqda Madina Mumtoz Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan edi.

Foto: Instagram / @madinamumtoz

Foto: Instagram / @madinamumtoz

“Mana bizning xayrli kun. Yaratgan o‘g‘rilarni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin. Kelgan balo shunga ursin. Mashinalarni ko‘chada qoldirmang. Kunimiz xayrli, barokatli va yaxshi kayfiyatga boy bo‘lsin”, — deb, Madina Mumtoz avtomobilning siniq oynasi suratini e’lon qilgan edi.

Foto: Instagram / @madinamumtoz

Foto: Instagram / @madinamumtoz

Kaniza

Foto: Instagram /@kaniza_shahrizoda

Foto: Instagram /@kaniza_shahrizoda

Xonanda Kaniza ham 2016-yilda Toshkentdagi restoranlardan biri oldiga o‘zining shaxsiy Porsche Cayenne mashinasini qo‘yib, dugonalari bilan ovqatlanib, soat 21:00 larda qaytib chiqqanida, mashinasining orqa tarafidan oynasi sindirilganini va mashinasidagi buyumlar o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

Foto: “Sayyod.com”

Foto: “Sayyod.com”

“Mashinam ichida 2,5-3 mln so‘mlik Cavalli sumkam, 10 ming dollarlik Vertu telefonim, 400 dollarlik Fleur Narcotique atiri, bular hammasi menga sovg‘a qilingandi, va yana qimmatbaho hamyon hamda 300 ming so‘mimni o‘g‘irlab ketishdi”, — deb ma’lumot bergan edi xonanda.

Foto: “Sayyod.com”

Foto: “Sayyod.com”

Kaniza, shuningdek, mazkur masala yuzasidan militsiyaga murojaat qilmasligini ma’lum qilgan edi: “Yo‘q, chunki bundan avval xam boshqa mashinalarimdan 4-5 marotaba narsalarimni shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda ularga murojaat qilganman. Ammo ular yordam bera olishmagandi, shu sabab ham yana behuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmay dedim”, — degan Kaniza.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »