Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzaxning Arnasoy tumanida qarzdorlikni undirishga kelgan MIB xodimi ota-bola tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 25-avgust kuni MIB Arnasoy tumani bo‘limi davlat ijrochisi ish yurituvidagi qarzdor T.T.dan davlat foydasiga 3,5 million so‘m davlat bojini undirish uchun qarzdorning yashash xonadoniga borgan.

Biroq ijro harakatlarini amalga oshirishi vaqtida qarzdor va uning o‘g‘li davlat ijrochisining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, turli sohalariga qo‘li bilan urib-tepib, tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) va 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Surxondaryoda qarzdor fuqaro va uning otasi MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »