Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Britaniyalik taniqli xonanda, bastakor Sami Yusuf nima sababdan O‘zbekistonga kelgani, otasi uning musiqachi bo‘lishini istamagani, millati, turmush o‘rtog‘i va o‘zbek bastakorlari bilan hamkorlik qilish niyati borligi haqida so‘zlab berdi.

Intervyu davomida xonanda Samarqand uning tasavvuridan boshqacharoq ekani, bu shahar Buyuk Ipak yo‘lining “yuragi” bo‘lgani va uning ijodiga ijobiy ta’sir etgani haqida gapirdi.

“Samarqand mening ijodimga ijobiy ta’sir etadigan darajada muhim ahamiyatga ega, chunki bu shahar Buyuk Ipak yo‘lining ‘yuragi’ misol. Mening musiqamda mana shu yo‘llarda yuzaga kelgan madaniyatlar o‘z aksini topgan.

Tasavvurlarimga keladiga bo‘lsak, Samarqand mening tasavvurlarimdan go‘zalroq shahar ekan, chunki fotosuratlarda ko‘rganimda ularni bo‘yalgan yoki qandaydir ishlov berilgan deb o‘ylaganman. Bu go‘zal shahar haqiqatan bor, buni har bir inson o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi kerak”, — deydi xonanda.

Foto: Instagram /@samiyusuf

Foto: Instagram /@samiyusuf

Xonanda turmush o‘rtogi va millati haqida

“Inson o‘z turmush o‘rtog‘ini sevishi yoki sevmasligi mumkin, lekin men turmush o‘rtog‘im borligidan juda baxtiyorman. Biz-birimizni juda yoqtiramiz, shuningdek, eng yaqin do‘stlarmiz, bir-birimizga o‘xshaymiz va bir-birimizni to‘ldiramiz. Mukammal inson bo‘lishingiz, sizga hamrohning keragi yo‘q bo‘lishi mumkin, biroq yoningizda yaqin, sizga do‘st insonning bo‘lishi hayotdagi buyuk ne’matdir”, — deydi bastakor.

“Aslida o‘z kelib-chiqishim, ajdodlarim bilan faxrlanaman. Millatim ozarbayjon, men o‘zimni turkiy-ozarbayjon deb hisoblayman va turk bo‘lganimdan faxrlanaman”, — deydi Sami Yusuf.

Foto: Instagram /@samiyusuf

Foto: Instagram /@samiyusuf

Sami Yusufning otasi uning xonanda bo‘lishini istamagani va bastakor qaysi sohada tahsil olgani to‘g‘risida 

“Menimcha har qanday ota o‘z farzandini musiqachi bo‘lish fikridan qaytarishga harakat qiladi, chunki musiqa, aktyorlik, umuman olganda san’at sohasi daromadli soha emas. Daromad barqaror va doimiy emas.

Otam britaniyalik, u yerga muhojir sifatida kelgan, shuning uchun aksariyat muhojirlar kabi uni ham muhandis, shifokor, huquqshunos bo‘lishga undashgan. Bu kasblar ishonchli, barqarorlik bor, ochig‘i men ham buni xohlardim. Men musiqa biznesiga, bu sohaga yoshligimda kirib kelganman va uning yoqimsiz jihatini ham ko‘rganman. Shuning uchun huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olishni va uni oxiriga yetkazishni niyat qildim. Musiqa mening hayotim”, — deydi bastakor.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Sami Yusuf o‘zbekistonlik bastakorlar bilan hamkorlik qilish niyati borligi, tajriba orttirishni istashi va o‘zbek ohangini dunyoga olib chiqish orzusida ekani haqida gapirdi.

“O‘zbekistonlik bastakorlar bilan hamkorlik qilish va ishlash uchun tayyorman. Men an’anaviy musiqa shaydosiman, uni sevaman, unga chuqur muhabbatim bor. Tajriba orttirishni, musiqiy direktor yoki bastakor bo‘lib ishlashni istayman. O‘zbek ohangini dunyoga olib chiqmoqchiman, sayohat qilmoqchiman, men bu rejamning amalga oshishini juda istayman”, — deydi Sami Yusuf.

“Rafiqamni O‘zbekistonga olib kelaman”

“Ajoyib, noyob taassurot uchun atrofga bir qarang. O‘ylaymanki, bu ruhiyatni boshqa hech qayerdan topa olmaysiz, muzeylarda ham u yo‘q. Mehmondo‘stlikni his qilish, bu yurt insonlari bilan tanishish uchun kelish kerak. Obidalari, musiqasi uchun kelish kerak, turizm uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Musiqa, madaniyat, san‘at asarlari, turli tadbirlarni tomosha qilish uchun kelish kerak. Men bu yerga turmush o‘rtog‘im bilan albatta turist sifatida kelaman”, — deydi Sami Yusuf.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »