Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivud yulduzi bundan to‘rt yil oldin — 2018-yil vafot etdi. Ammo uning o‘limi sababi hali ham qarindoshlari va tergov tomonidan savollar tug‘dirmoqda, deb yozadi Wday.

Foto: Wday

Foto: Wday

Aktrisa Shridevi ishtirokidagi hind filmlari barcha muxlislarga ma’lum. Chiroyli, nafosatli va betakror qiz o‘z vatanining kino sanoati olamini zabt etdi va haqli ravishda eng mashhur hind aktrisalaridan biriga aylandi. U hayot bo‘lganida 2022-yil 13-avgust kuni 59 yoshni qarshi olardi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Shridevi to‘rt yoshidan boshlab filmlarda rol o‘ynay boshlagan va u yoshligidayoq har bir aktyor havas qilishi mumkin bo‘lgan juda boy filmografiyasi bilan maqtanishi mumkin edi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Shridevi haqiqiy mehnatkash aktrisa bo‘lgan. Uning talabi uzluksiz ishlash va deyarli har kuni suratga tushishdan iborat edi. Shuning uchun ham u butun faoliyati davomida 300 ta hind filmida rol o‘ynadi. Aytgancha, professional karyerasining oxirida u o‘zini va oilasini farovon hayot bilan ta’minlash uchun Bollivud filmlarida ko‘proq suratga tushishga o‘tgan.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Go‘zal aktrisaning eng mashhur kartinalari qatoriga “Artist”, “Mehribonginam”, “Jinoyat uchun to‘lov”, “Sehrli olmos” va boshqa ko‘plab filmlar kiradi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Mashaqqatli suratga tushish ishlaridan charchagan Shridevi 1997-yilda o‘zini butunlay oilasiga bag‘ishlashga qaror qilib, kinoni tark etdi. Bu vaqtda prodyuser Boni Kapur bilan turmush qurgan aktrisaning ikkita chiroyli qizi bor edi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Biroq uning sevimli ishiga bo‘lgan intilish yana kuchayib ketdi va 15 yildan so‘ng aktrisa yana o‘z faoliyatini davom ettirdi. 2015-yilda Shridevining 300- yubiley filmi — “Ona” namoyish etildi va unda aktrisa o‘zining asosiy va oxirgi rolini ijro etdi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ammo kutilmagan fojiali voqea 55 yoshli aktrisaning hayotiga yakun yasadi. 2018-yilda Shridevi jiyanining to‘yida mehmon bo‘ldi. Biroq oqshom dahshatli voqea soyasida qoldi: Bollivud kinosi yulduzi yuvinish xonasida o‘lik holda topildi. Dastlabki versiyaga ko‘ra, u hushini yo‘qotgan va cho‘kib ketgan.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ammo ekspertiza hind aktrisasining qonida spirtli ichimlik borligini ko‘rsatdi. Qarindoshlar va ko‘plab do‘stlar bergan ma’lumotga ko‘ra, Shridevi hech qachon spirtli ichimlik ichmagan.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Hindistonning bir vaqtlar go‘zal va eng mahoratli aktrisasi bilan nima sodir bo‘lganini faqat taxmin qilish mumkin. Ammo muxlislar uchun Shridevi hamon butun hayotini kinoga bag‘ishlagan, san’atga butunlay taslim bo‘lgan aktrisadir.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Aytgancha, aktrisaning ikki qizi ham onasining izidan borishga qaror qildi. Ular ham Shridevi kabi cho‘qqilarga erishadi va taniqli onasi kabi jamoatchilikni xursand qilishda davom etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »