Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Qo‘rg‘ontepa tumanidagi yog‘ zavodi ishchisi farzandining kontrakt to‘lovini to‘lab bergani aytilgan video tarqaldi.

Ta’kidlanishicha, yangi zavod ishchisi ishxonasi tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar haqida gapirib, buning uchun davlat rahbari va viloyat hokimiga minnatdorlik izhor qilib, “Biz prezidentimizning tashabbusi, islohotlarini to‘g‘ri yo‘lda olib borayotgan hokim janoblari — Sizga ham o‘z minnatdorligimizni bildirmoqchimiz. Ishlayotgan qizlarimizni, shaxsan o‘zimning ikki nafar farzandim oliy o‘quv yurtiga kontrakt asosida o‘qishga kirdi. Xudo xohlasa shu yerda ishlab bo‘lsa ham kontraktlarini to‘laymiz”, — degan.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ayol fikrlarini yakunlagach, Shuhrat Abdurahmonov unga “Ikkalasi ham kontraktmi? Kontrakti necha pul?”, degan savollar bilan yuzlangan. Ayol farzandlari uchun to‘lashi lozim bo‘lgan shartnoma summasi 7 million ekanini aytgach, hokim shartnoma pullarini o‘z hisobidan to‘lab berishini bildirgan.

“Daryo” manbalarining qo‘shimcha qilishicha, tadbirda ishtirok etgan bir nechta tadbirkor ushbu ayolga shartnoma pullarini bermoqchiligini aytgan. Biroq, Shuhrat Abdurahmonov savob qilish umidida ekanligini bildirib, ushbu savobli ishga hech kimni sherik qilishni istamagan. Shu sababli o‘sha yerning o‘zida cho‘ntagidan naqd pul bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »