Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi bog‘chada tashqariga ruxsatsiz chiqqan 4 yoshli bola cho‘kib ketib, vafot etgandi. Ushbu bog‘chada tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo‘lgan oziq-ovqatlar talon-toroj qilingani ham aniqlandi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining moliyaviy faoliyati o‘rganilganda, tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo‘lgan 24,3 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Holat yuzasidan 167-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 4 yoshli tarbiyalanuvchi bola daryoda cho‘kib vafot etgani yuzasidan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izoh

Islomjon Xolmatov

07.09.2022, 11:33

Iloji bolsa mtt ga bildirmasdan turib tez tekshiruv qilsa kop narsa chiqsa kerak

Akhmadjon

07.09.2022, 11:10

Imkon qadar qonun bo'yicha jazolansn eng og'ir jazoni olsin u g'alamis xoramxo'rlar

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »