Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining Telegram-kanalida taniqli aktrisa Dilnoza Kubayeva bilan jonli muloqot tashkil etildi. Aktrisa jurnalistlar va muxlislarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Dilnoza Kubayeva qo‘shiq aytishining asosiy sababi va nega seriallarda suratga tushishni istamasligi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi:

— Haqiqatan, filmlar ancha kam suratga olinyapti. Rejissorlar ham yoppasiga serial suratga olishga o‘tib ketishdi. Ammo qo‘shiq aytish bolalikdagi orzularimdan biri edi. Ayni kunlarda 3 ta klipim montaj jarayonida. Yaqin kunlarda hammmasini muxlislarga taqdim etmoqchimiz. Yaxshi, professional ijodkorlar bilan hamkorlik qilishni yoqtiraman. Sultonali Rahmatov bilan 6 ta qo‘shiq yozdik.Seriallarda rol ijro etmasligimning asosiy sababi ularning birortasida o‘zimni ko‘rmayotganimda bo‘lsa kerak. Shuningdek, aksariyatida ssenariy yoki ijodiy guruh qoniqtirmaydi. Ayrimlar o‘ylagandek men faqat pul uchun rollarni rad etayotganim yo‘q.

Dilnoza Kubayeva budjeti 1,5 milliard so‘m bo‘lgan “Baron-2. Sog‘inch” filmidan olgan gonorari ko‘nglini xira qilgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— Men hammasini ichimga yutadigan, og‘ir-vazmin ayolman, balki shu sababdir “Baron-2. Sog‘inch”da olgan gonorarim haqida aytgim kelmayapti. U yerda juda xunuk bir holat bo‘ldi. Biroz kelishmovchilik ham bo‘lgan, to‘g‘risini aytsam, ozgina qadrimga achindim. Bu haqda birinchi marotaba aytyapman. Lekin baribir murosa qiladigan xalqmiz-da. O‘zbekligimga borib andisha qilib, jim ketdim. Lekin yuragimdagi og‘riq hali ham ketmayapti. Qornimga emas, qadrimga yig‘layapman degan gap bor. Ko‘p narsalar O‘zbekiston kinematografiyani rivojlantirish agentligi rahbariyatiga ma’lum bo‘lmaydi. Ammo bu tomonlama haq-huquqlarimiz ham poymol bo‘lyapti.Rustam aka Sa’diyev mening ustozim hisoblanadi. “Filmda siz rol ijro etgan sahnalar juda ham kam” kabi vajlar bilan 321 ming so‘mdan oshiqroq gonorar oldim. Shu narsa meni bir oydan buyon ichimni yeydi. Nahotki?! Shunda ham bizlar kinoni yaxshi ko‘ramiz, baribir kino deymiz. Ammo uyaldim, qadrimga achindim. Eng katta olgan gonorarim xususiy filmda bo‘lgan bo‘lsa kerak. Lekin budjetga olinadigan kinolardan hech qachon yuqori gonorar olmaganman, — deydi aktrisa Dilnoza Kubayeva.

Jonli muloqotni tashkil etgan jurnalist Shohida Hamro esa film katta budjet evaziga suratga olingani va bu bo‘yicha O‘zbekiston kinematografiyani rivojlantirish agentligi tekshiruv ishlarini olib borishi haqida aytib o‘tdi.

Aktrisa  shaxsiy hayot haqidagi savollariga qisqa va lo‘nda  javob berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— O‘g‘lim Muhammadamin 14 yoshda. Ikkimiz birga yashaymiz. U Gliyer nomidagi musiqa maktabida o‘qiydi. Zamonaviy texnikalarga juda qiziqadi, — dedi aktrisa.

Bundan tashqari, Dilnoza Kubayeva kun sayin vaynerlar faoliyatiga san’at darajasida qaralayotgani va ular professional ijodkorlardan ko‘proq haq olishlari haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

— Afsuski, keyingi paytda haqiqatan ham shunday bo‘lib qoldi. Ammo bu o‘tkinchi holat. Meni vaynerlardan ham ko‘proq, ularga ergashib ketayotgan professional aktyorlar tashvishga solyapti, — deydi aktrisa.

Ko‘pchilik aktyorlar xorij filmlarida suratga tushishni istashini aytishadi. Ammo negadir aktrisa hech qachon xorij kinolari sari intilmagani va buni istamasligini quyidagicha izohladi.

— Menga xorijlik ijodkorlardan juda kam takliflar bo‘lgan. Oxirgi marta qachon rolga taklif etilib, kastingda ishtirok etganimni ham eslolmayman. Chunki menda xohish va intilish yo‘q. Ular bilan hamkorlik qilgandan keyin, albatta, ularning talablari bo‘ladi. U filmlarda milliyligimizga zid bo‘lgan sahnalar ham bo‘lishi mumkin. Shu bois xorij filmida suratga tushishga intilishim yo‘q, — deya javob berdi Dilnoza Kubayeva.

Mavzuga doir:

Izoh

050

07.09.2022, 13:42

Qaridizda Kubayiva yoshlik utdi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »