Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyaning mashhur telekanallaridan biri STAR TV yangi loyihalarini reklama qilishni boshladi. Telekanalda bosh rollarda Neslihan Atagul, Kadir Dog‘ulu, Sarp, Levendog‘lu va Zuhal Oljay ishtirok etgan “Tunning oxiri” yangi serialining ilk taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Ushbu loyihada yillar o‘tib, yana Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul oshiqlar rolini ijro etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Loyiha rejissori Barish Erchetin “Ajoyib ikki”, “Mening shirin qasosim”, “Bir muhabbat qissasi”, “Atirgullar jangi” kabi filmlar va serillarni suratga olgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Ssenariyni Bashar Basharan (filmografiyada 12 ta loyiha, oxirgisi – “Orzular va hayotlar” loyihasi) va Emre Ozdyur (filmografiyada 17 ta loyiha – “Kipr: g‘alaba sari yo‘l” so‘nggi seriali) yozgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Loyiha Peride Jalolning xuddi shu nomdagi asari asosida suratga olingan. Unda 30 yoshdan oshgan bosh qahramon Majide o‘zi va qizi uchun baxtli hayotni orzu qiladi. O‘tmishiga nazar tashlagan ayol o‘z orzularidan yiroq hayot kechirayotganini tushunib yetadi. Bir kuni folbin unga hayotini o‘zgartiradigan inson bilan uchrashishini aytadi.

Ular Anqaradan Istanbulga ko‘chib o‘tgandan keyin turmush o‘rtog‘ining ukasi Kazim biznesda muvaffaqiyat qozongan tadbirkorga aylanadi. Taqiqlangan munosabatlar (Majide va Kazimning munosabatlari, chunki ikkalasi ham turmush qurgan) Majidega yangi hissiy tajribalar beradi: Kazim bilan yashirin munosabatlar, xotinining o‘limi, bunda Majide o‘zini ayblaydi, sevgilisining oilasi bilan qiyin munosabatlarni boshdan kechiradi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Majidening hayotiga yorug‘lik olib kirgan, muvaffaqiyat qozongan tadbirkor Kazim rolini Kadir Dog‘lu ijro etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Neslihan Atagul uzoq tanaffusdan so‘ng ekranlarda namoyish etiladigan Majide roliga tasdiqlandi. Joriy yil yoz faslida aktrisa ishtirok etgan “Ah, Belinda” filmi hali tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Sarp Levendog‘lu Majidening turmush o‘rtog‘i rolini ijro etgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bosh qahramonning onasi rolini Zuhal Ojay o‘ynagan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyorlar tarkibida Bestemsu Ozdemir, Kaan Tashaner, Tuba Unsal, Ozge Ozder kabi mashhur aktyorlar bor.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Loyihada Hazal Shenel, Bertan Aslani, Jem Avnaim va Ebru Haykach ham ishtirok etadi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »