Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayshvariya Ray 1973-yil 1-noyabrda Hindistonning Mangalur shahrida tug‘ilgan. U oilasi juda badavlat bo‘lgani uchun ham yaxshi ta’lim oldi. Bolaligidanoq musiqa, raqs va san’atga o‘zgacha mehr qo‘ydi. Qolaversa, Ayshvariyaning g‘ayrioddiy go‘zalligi barchaning e’tiborini o‘ziga tortar edi, deb yozadi Grazia.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Keyinchalik oila Bombeyga ko‘chib o‘tdi, u yerda Ayshvariya eng nufuzli o‘qishlardan biriga kirishga muvaffaq bo‘ldi. U hamma uchun ham mavjud bo‘lmagan imkoniyatdan foydalandi, tillarni (beshta tilni, shu jumladan ingliz tilini) o‘rgandi va bu unga kelajakda yordam berdi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ray bu vaqtda aktrisa yoki modellik karyerasi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Maktabda u zoologiyani yaxshi ko‘rardi, shuning uchun u veterinar bo‘lishni orzu qilgan. Keyinchalik uning bu sohaga qiziqishi susaydi. Ammo boshqa tomondan Ayshvariya arxitekturaga ko‘proq e’tibor bera boshladi, u binolar qanday qurilganini tomosha qilishni yaxshi ko‘rardi. Shundan so‘ng me’mor bo‘lishga qaror qildi. Biroq uning rejalari amalga oshmadi: taqdir unga boshqa sohani tayyorlab qo‘ygandi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ayshvariya 18 yoshga to‘lganda, modellik agentligining nazariga tushdi va ular shartnoma imzolashni taklif qildi. Ray agentlik bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi, uning yulduzli sayohati mana shu kundan boshlandi. Debyut muvaffaqiyatli tarzda o‘tdi, u karyerasini boshlaganidan bir necha oy o‘tgach, birinchi go‘zallik tanlovida g‘olib chiqdi. Keyinchalik uning surati American Vogue jurnalining muqovasini bezadi. Shundan so‘ng Ray Hindistondagi eng taniqli insonlardan biriga aylandi va turli brendlardan takliflar ortib bordi. 2 yildan keyin Ayshvariya Pepsi reklama roligida suratga tushdi va bu uni yanada mashhur qildi. Reklamada garchi u faqat bitta so‘z aytgan bo‘lsa-da, bu tomoshabinlar uchun yetarli bo‘ldi.

Dunyo go‘zali

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

1994-yilda model “Hindiston go‘zali” tanlovida ishtirok etishga qaror qildi. Biroq g‘alaba Samshita Senga berildi va Ayshvariya ikkinchi o‘rinni egalladi. Muvaffaqiyatsizlik Rayga Janubiy Afrikaning San-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu safar unga omad kulib boqdi va u “Dunyo go‘zali” unvonini oldi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

1997-yilda Ayshvariya karyerasini o‘zgartirishga va o‘zini aktrisalikda sinab ko‘rishga qaror qildi. U dastlab “Juftlik” hind filmida suratga tushdi, keyinchalik kartina Belgraddagi xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi film” deb topildi. Muvaffaqiyatli debyutdan so‘ng intiluvchan aktrisaga “Ular bir-birini sevadi” romantik komediyasida rol o‘ynash taklif qilindi. Ammo ushbu kartina juda qattiq tanqid qilindi: sujet uchun ham, Ayshvariyaning ijrosi uchun ham. Haqiqiy e’tirof unga “Abadiy seniki” filmida suratga tushganidan keyin nasib etdi. Ushbu film unga “Eng yaxshi aktrisa” birinchi kino mukofotini keltirdi. Keyinchalik Ray bundan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatli filmlarda ishtirok etdi: Kann kinofestivalida namoyish etilgan “Devdas” melodramasi, “Kelinlik orzusi va “Pushti pantera-2”.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ayshvariyaning karyerasi muvaffaqiyatli davom etdi, o‘zining yorqin go‘zalligi bilan Gollivudni ham zabt etdi. U Amerikaning ko‘ngilochar dasturlari va tok-shoularida, shu jumladan, Opra Uinfri shousida ishtirok etdi. Ray birin-ketin reklama shartnomalarini imzoladi, u Longines hamda L’Oreal elchilaridan biriga aylandi.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Ayshvariyaning shaxsiy hayotida hech qanday muammo bo‘lmagan. “Tezlik-2” filmini suratga olish maydonchasida aktyor Abxishek Bachchan bilan uchrashdi. An’anani hurmat qilgan juftlik avvaliga ota-onasidan turmush qurishga ruxsat so‘radi. O‘sha paytda ularning to‘yi dunyodagi eng shohona marosimlardan biriga aylandi. 2011-yilda juftlik qiz farzandli bo‘ldi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ayshvariya o‘zi orzu qilgan hamma narsaga erishgandek edi, ammo homiladorlik uning hayotidagi eng qiyin davrlardan birining boshlanishi bo‘ldi. Bu vaqtda aktrisa semirib ketdi va tug‘uruqdan so‘ng o‘z qomatini tiklash uchun sport zalida kun-u tunini o‘tkazmasligini e’lon qildi, chunki u uchun birinchi o‘rinda farzandi turar edi. Avvaliga jamoatchilik Rayning stereotiplarni buzishdan qo‘rqmasligiga qoyil qolgan holda yulduzning bu qarorini qo‘llab quvvatladi. Ammo ommaviy axborot vositalari yosh onaning muvaffaqiyatsiz tushgan suratini joylaganidan so‘ng ularning fikri keskin o‘zgardi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Bu Rayni ideal ko‘rishga odatlangan odamlarning g‘azabini keltirdi. Muxlislar aktrisaning tashqi qiyofasini keskin tanqid qila boshladi va unga tug‘uruqdan keyin tezda chiroyli qomatga ega bo‘lgan Anjelina Joli va Viktoriya Bekhemni o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Unga parhezga o‘tish va sport zaliga borishni tavsiya qilishdi. Hindistonning g‘ururi va go‘zali tez orada “millatning sharmandaligi”ga aylandi — uni shunday atashdi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktrisaning tashqi ko‘rinishini muhokama qilishdan uyalmadi. Bunday salbiy ruhdagi shov-shuv Ayshvariyani dahshatga soldi. Vaqt o‘tishi bilan u avvalgi ko‘rinishini tikladi, lekin o‘zi uchun muhim xulosaga keldi: muvaffaqiyat va tomoshabinlar o‘zgaruvchan. Shuning uchun ham Ayshvariya boshqa onalarni tashqi ko‘rinish haqida emas, birinchi navbatda farzandlari va salomatligi haqida qayg‘urishga chaqirishdan charchamaydi. Hozirda aktrisa hind kinosida rol o‘ynashda davom etmoqda, lekin avvalgidek ko‘p emas, u o‘z vaqtini imkon qadar oilasiga bag‘ishlashga harakat qiladi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »