“Yaqin-yaqingacha menga topshiriq berib, palonchini almashtir, pistonchini qo‘y deb keldi”. Yakkabog‘ hokimi Qashqadaryoning sobiq rahbari Zafar Ro‘ziyev hamon uning ishiga aralashishini aytdi (audio)
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev hamon uning ishiga aralashib, tumandagi rahbarlarni almashtirish borasida topshiriq berib kelganini bildirdi. Bu haqda Telegram’dagi “Qitmir muxbir” kanalida xabar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvdan anglashilishicha, tuman hokimi Lutfiddin Abdullayev Sadriddin ismli do‘stiga bu haqda gapirgan.
Do‘stim Sadriddin Zafar Ro‘ziyev yaqin-yaqingacha menga topshiriq berib, palonchini almashtir, pistonchini qo‘y deb keldi. Oxiri ey, qo‘lingdan kelganini qil dedim. O‘zimning aqlim bor, birovning yo‘rig‘iga yurmayman dedim, — deydi Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev.Yakkabog‘ hokimi viloyatning sobiq hokimi haqida gapirib, u viloyatga rahbarlik qilgan paytda qo‘lida cheksiz imkoniyat bo‘lganini, ammo Zafar Ro‘ziyev viloyatni rivojlantirish o‘rniga, sodda odamlardan foydalanib kelganini aytadi.
Ba’zi paytda Yakkabog‘ni ko‘rib, shu odamdan (Zafar Ro‘ziyev nazarda tutilmoqda — “Daryo” izohi) xafa bo‘lib ketaman. Na stolba bor, na bir yo‘l. O‘sha paytda qo‘lida cheksiz imkoniyat bo‘lgan. Qilsa bo‘lardi, lekin qilmagan. Odamlar sodda bo‘lgan, maza qilib foydalangan, — deydi Yakkabog‘ hokimi.Hokim, shuningdek, Zafar Ro‘ziyev tumanga barcha qarindoshlarini tiqishtirganini aytgan.
Yakkabog‘ga bir narsa kerak — adolat. Yakkabog‘ning rahbari yer sotmasa, xalqni aldamasa, yakkabog‘liklar rahbarni boshiga ko‘taradi. Buni bir yil ishlab ko‘rdim, sezyapman, — dedi tuman hokimi.Yakkabog‘ hokimi shuningdek, do‘stiga tumanda qilayotgan ishlari haqida gapirib, imkon qadar tumanga ko‘proq investorlarni jalb qilish harakatida ekanini bildirgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar