Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan maktab o‘qituvchilari hamda direktorlar portfoliosini yaratish, inson omili aralashmagan reytingini belgilash uchun “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu borada fanlar bo‘yicha maktab o‘qituvchilari va direktorlar zaxirasini shakllantirish elektron (portal) tizimi yaratilmoqda. Bunda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar zaxirasi, shuningdek, o‘qituvchi lavozimiga talabgor kadrlarning elektron portfoliosi yaratiladi.

Ta’lim tizimida fanlar, maktablar, hududlar kesimida vakant o‘rinlarining statistikasi aniqlanib, hududlar va fanlar kesimida o‘qituvchilar zaxirasi elektron ko‘rinishda shakllantiriladi. Shuningdek, pedagogika yo‘nalishidagi OTM bitiruvchilari orasidan bilimli va tashabbuskorlarini saralab olish va ish bilan ta’minlash maqsadida vakant ish o‘rinlarini to‘ldirish tizimlashtiriladi.

Loyiha tufayli:

  • yaqin hududidagi maktabga ishga qulay tartibda joylashish mumkin, barcha ta’lim muassasalaridagi vakantlar ochiq-oydin ko‘rinib turadi;
  • o‘qituvchilikka talabgorlar o‘zi haqidagi ma’lumotlar, yutuqlarini rezyume ko‘rinishida maktabga yuboradi va onlayn shaklda javob oladi;
  • direktorlar esa saralash asosida eng yaxshi mutaxassislarni ishga qabul qilish imkoniyatiga ega;
  • vazirlik respublika miqyosida hududlar kesimidagi barcha yo‘nalishlarda mavjud vakant o‘rinlari va ularni qoplash, elektron shaklda o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish hamda OTMlarga taklif kiritish, tizimda faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarning statistikasini kuzatib boradi;
  • eng ilg‘or rahbar va pedagoglarni taqdirlash, davlat mukofotlariga tavsiya etish mumkin;
Bundan tashqari, Xalq ta’limi sifat menejmentini joriy etishda sifatli kadrlar zaxirasini yaratishning zamonaviy tizimli mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati ochiladi. Har yili o‘qituvchilarning reytingi kasbiy faoliyati, o‘z ustida va o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida erishgan yutuqlari shaffof, adolatli mezonlar asosida, keng masshtabda respublika, viloyat, tuman, maktab, fanlar kesimida aniqlash maqsadi belgilangan.

Mazkur jarayonlarni amalga oshirishda tegishli barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali elektron hukumatning IMUT (idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i), OneID (Yagona identifikatsiya tizimi) hamda xalq ta’limi vazirligining ERP bazasiga integratsiya qilinadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldi olinadi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »