“Narniya saltanati” filmidagi Lyusi: kichkina qizaloq qanchalik o‘zgargan va nimalar bilan band? (foto)
Klayv Lyuisning sehrli Narniya o‘lkasi haqidagi asari asosida suratga olingan film bir necha yillardan buyon o‘z muxlislariga ega. Tomoshabinlar hozirgacha filmning “Arslon, jodugar va javon”, “Shahzoda Kaspian” va “Tong yulduzining sayohati” qismlaridagi Lyusi Pevensi rolini ijro etgan kichkintoy qizaloqni eslashadi.
Kastingda bu rolga deyarli ikki mingga yaqin boshqa da’vogarlarni chetlab o‘tgan 10 yoshli britaniyalik Jorji Xenli filmning birinchi qismida Lyusi rolini o‘ynadi va birdaniga ikkita: Phoenix Film Critics Society va Young Artist mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Biroq u mashhur filmdagi qizaloq obrazi bilan to‘xtalib qolmadi: aktrisa 2014-yilda, bir vaqtning o‘zida ikkita loyihada — “Tunning opa-singilligi” va “Maktab loyihasi”da rol ijro etdi, bu unga turli xil obrazlarda o‘zini sinab ko‘rib qobiliyatini namoyish etishga imkoniyat berdi. Jorji Xenli filmlarda suratga tushayotgan paytda Kembrijda ingliz tili va adabiyotini ham o‘rgandi.
Filmlarda suratga tushishdan tashqari Jorji o‘zini teatr sahnasida sinab ko‘rdi va “Penelopiada” va “A Clockwork Orange” spektakllarida ham rol o‘ynadi. Aktrisa 2019-yilda “Ispan malikasi” deb nomlangan tarixiy serialning aktyorlar tarkibiga qo‘shildi va Margarita Tyudor obrazini gavdalantirdi.
Hozirda 27 yoshli aktrisa adabiyotda va hatto rejissorlikda ham o‘zini sinab ko‘rmoqda.
Mavzuga doir: “Narniya saltanati” filmining yosh qahramonlari 15 yildan so‘ng (foto).