Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik dunyoga mashhur xonanda Britni Spirsning Florida shtati, Zumrad qirg‘og‘idagi Destin shahrida joylashgan penthausi sotuvga qo‘yildi. Hozirda mulk 2 million dollarga baholangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, taniqli xonanda bu uyni 2001-yilda hozirgi narxidan kamroq — 920 ming dollarga sotib olgan. Uy rasman yulduzning nomida emas, biroq u bilan bog‘liq Bridgemore Timber LLC kompaniyasida qayd etilgan.

Foto: Realtor.com

Foto: Realtor.com

Bu penthaus ijtimoiy tarmoqlarda avval ham paydo bo‘lgan — “Britnini ozod qiling” harakatida ishtirok etgan xonandaning muxlislari uning taniqli singlisi Jeymi Lin Spirsning postini topdi. U yerda Florida shtatining Destin shahridagi uy haqida gapirilgan.

Foto: Realtor.com

Foto: Realtor.com

Uy-joy maydoni deyarli 339 kvadrat metrdan iborat. Unda uchta yotoqxona, ikkita hammom va alohida sanuzel mavjud. Uyning bir nechta mehmonxona, katta qabulxona, oshxona, alohida ovqatlanish va ishlash uchun mo‘ljallangan xonasi bezatilgan.

Foto: Realtor.com

Foto: Realtor.com

Suriladigan shisha eshiklar keng balkonga olib boradi. U yerda esa dam olish uchun va kichik ovqatlanish joylari mavjud. Bu Zumrad qirg‘og‘idada quyosh botishini tomosha qilish uchun eng yaxshi joy hisoblanadi.

Foto: Realtor.com

Foto: Realtor.com

Britni Spirs ko‘chmas mulklarini tartibga solishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. U to‘yidan oldin Kaliforniyada joylashgan qasrni sotib olgan. Xonanda bu uyni 11,8 million dollarga sotib olgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »