Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugun, 6-oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi boshqarma boshlig‘i Odil Mahmudov murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga qanday choralar ko‘rilgani haqida aytib o‘tdi.

Odil Mahmudov

Odil Mahmudov
Foto: AOKA

Ma’lum qilinishicha,jami 17 ming 421 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 12 ming 795 tasi (76 foizi) qanoatlantirilgan bo‘lsa, 3 ming 737 tasi (22 foizi)ga umumiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, 304 ta ariza qonun hujjatlari asosida rad etilgan va 392 ta murojaat bugun ko‘rib chiqish jarayonida.

“Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda mas’ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima, 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan”, — dedi Odil Mahmudov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »