Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas’ul javobgarlikka tortildi, uch mingdan ortig‘i ogohlantirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i Abdurahim Muhiddinov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan va o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 427 nafar mas’ullar intizomiy va 724 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi, 3040 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.

Jazolanganlar orasida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimlarining hamda 107 nafar tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, Madaniy meros agentligi direktori, Madaniyat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmat markazi hamda “O‘zsuvta’minot” AJ rahbarlarining sohaga mas’ul o‘rinbosarlari ham bor.

Qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 185 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Qurilish sifati va ish hajmlarini to‘liq bajarilishi o‘rganilib, 1553 ta holatda sifatsiz bajarilgan 32,3 millisrd so‘mlik hamda 793 ta holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 37,9 milliard so‘mlik ishlar bartaraf ettirilishi orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldi olindi.

Shu bilan birga, obyekt pudratchisini tanlashdagi korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida pudratchilarning reytingini haqqoniy tarzda, inson omilisiz aniqlash va tender o‘tkazishda adolatli raqobat muhitini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilib, hukumat tomonidan ushbu takliflarni amaliyotga tatbiq etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi monitoringi va mavjud muammolar haqidagi takliflar bo‘yicha Prezident administratsiyasi va bosh vazirga axborotlar berib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »