Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyidagi aktyor va aktrisalar nima uchun karyerasidan tanaffusga chiqqani va katta ekranga qaytishi qanday kechgani haqida ma’lumot beramiz.

Kemeron Diaz

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

2015-yilda Kemeron musiqachi Benji Maddenga turmushga chiqdi va bir yildan so‘ng u doimiy parvozlar va suratga olishlardan charchagani uchun faoliyatida tanaffus qilayotganini ma’lum qildi. Aktrisa oilaviy hayotdan zavq olib, farzandli bo‘lishni orzu qilardi.

Diaz homilador bo‘lishi uchun bir necha yillik tekshiruv va davolanishdan o‘tishi kerak edi. Tanish yulduzlarning aytishicha, u ona bo‘lish uchun ko‘p sinovlardan o‘tgan. 2019-yil oxirida quvonchli voqea yuz berdi. Ko‘pchilik farzandli bo‘lgandan keyin Kemeron kinoga qaytmasa kerak deb o‘ylagandi.

Biroq yaqinda ma’lum bo‘ldiki, tomoshabinlar tez orada uning ishtirokidagi yangi filmni ko‘rishlari mumkin. Hozirda aktrisa “Ishga qaytish” nomli loyihada suratga tushmoqda.

Lindsi Lohan

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

2000-yillarning boshida Lindsi filmlarda faol rol o‘ynagan: tomoshabinlar uni “Yaramas qizlar”, “Ota-onalar uchun tuzoq” va boshqa ko‘plab filmlardagi ishtiroki ni eslashadi. Keyin aktrisa noqonuniy moddalarni iste’mol qila boshladi va hamma uning shaxsiy hayoti va u ishtirok etgan janjallarni muhokama qilishga o‘tdi.

Shu sababli Lohan ko‘plab shartnomalarni qo‘ldan boy berdi. 2019-yilda aktrisa kinoga qaytishni va yana faol harakat qilishni orzu qilishini aytdi. Uning orzusi amalga oshdi: 2022-yil noyabr oyida Netflix platformasida “Rojdestvoga maftun bo‘lish” romantik komediyasi chiqadi, unda Lohan bosh rollardan birini o‘ynaydi.

Brendan Freyzer

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

90-yillarda Brendan Gollivudning haqiqiy yulduzi edi — butun dunyo haligacha uning “Mo‘miyo” franshizasidagi rolidan hayratda. Biroq 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab, aktyorning ekranlarda ko‘rinmay qoldi, ko‘pchilik bunga sabab uning tashqi ko‘rinishida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar deb hisoblaydi.

Keyinchalik Freyzer sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ishni tark etishga majbur bo‘lganini aytdi: umurtqa pog‘onasi qattiq og‘riy boshlagan, chunki u odatda barcha tryuklarni o‘zi bajarar va tez-tez jarohatlar olardi. Bundan tashqari, Brendanga sevimli ayoli bilan ajrashish va onasining o‘limi ham qattiq ta’sir qilgan.

Aktyorning kinoga qaytishi 2022-yil sentabr oyi boshida Venetsiya kinofestivalida bo‘ldi — Freyzer bosh rolni o‘ynagan Darren Aronofskiyning “Kit” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar va hamkasblar Brendanni olti daqiqa davomida olqishlab, uning “Oskar”ga nomzodini taxmin qilishdi. Aktyor juda emotsional edi va ko‘z yoshlarini tiya olmadi. 2023-yilda ham Freyzer bosh rollardan birini o‘ynagan “Gulli oy qotillari” filmining chiqishi kutilmoqda.

Emiliya Klark

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

2020-yilda, pandemiya davrida Emiliya tanaffus qilish uchun ishdan, hatto foydali shartnomalardan ham bir muddat voz kechmoqchi ekanligini e'lon qildi. Ma’lumki, aktrisa bir necha marta insultga uchradi, mo‘jizaviy tarzda omon qoldi va avvalgi hayotiga qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

“Taxtlar o‘yini” yulduzining muxlislari yana xursand bo‘lishlari mumkin, chunki Marvel tomonidan suratga olingan “Maxfiy hujum” seriali 2023-yilda ekranlarga chiqadi, unda Klark bosh rollardan birini o‘ynaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »