Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li loyihasini amalga oshirish uchun bir necha yillardan beri harakat qilib keladi. “Daryo” bu loyiha O‘zbekiston va boshqa davlatlar uchun qanchalik muhimligi va qiyinchiliklari haqida so‘z yuritadi. 

Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish batafsil muhokama qilindi.

Foto; Google Maps

35 kun emas 3 kun

Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar transafg‘on temir yo‘li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. 

Uzunligi 600 kilometr bo‘lgan temir yo‘l Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochib beradi. Bu esa mintaqaviy aloqa va savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 emas, 3-5 kun davom etadi. 

Bundan tashqari bitta standart konteynerni tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. 

Shu bilan birga, prognozlarga ko‘ra, ushbu yo‘nalish bo‘ylab yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.

Hammasi qanday boshlangan?

2021-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston—Afg‘oniston—Pokiston o‘rtasidagi yuqori darajadagi muzokaralar natijalari bo‘yicha O‘zbekistonga boshqa bozorlarga chiqish uchun “eng qisqa va eng arzon yo‘l” bo‘ladigan Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘lini qurish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) qabul qilingan.

Temiryo‘l qurish loyihasini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari nomidan qo‘shma murojaati asosida AQSH Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag‘larining jalb etilishi ko‘zda tutilgan.

Temiryo‘l qurilishi 2022-yilning sentabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Biroq rejalar o‘zgarishi sabab bu amalga oshmadi. 

O‘tgan yili Pokistonning sobiq bosh vaziri Toshkentdagi xalqaro konferensiyada Termiz—Mozori-Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘li qurilishi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirgandi.

 

Janob Shavkat Mirziyoyev, siz o‘z g‘oyangiz mahsuli bo‘lgan Termiz—Mozori Sharif—Kobul—Peshovar temiryo‘li loyihasini ilg‘or ravishda taqdim etib kelyapsiz. Biz Pokistonda sizning fikrlaringizni o‘rganib, bunga ishondik va hozirgi kunda bu g‘oya naqadar to‘g‘ri ekanligini anglab, katta ishtiyoq bilan buni amalga oshirishni kutib qolmoqdamiz, — degan edi u

Keyinchalik 2021-yilning oxirida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Pokiston vakillari Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan Termiz—Mozori-Sharif —Kobul—Peshovar transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini muhokama qilgandi. 

Joiry yilning 19-iyul kuni Afg‘oniston hududida Termiz—Peshovar temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlangan.

Asr loyihasi 

2021-yilning iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida jurnalistlar bilan uchrashuvda Mozori-Sharif—Kobul—Peshavor temiryo‘li qurilishi ahamiyati, loyihaning iqtisodiy, geografik, siyosiy jihatdan foydasi va boshqa tafsilotlari haqida gapirgan edi. 

Prezidentning ta’kidlashicha, O‘zbekiston uchun “har doim eng muhim vazifalardan biri chegaralar uzoq yillar davomida yopiq bo‘lganiga qaramay, dengiz portlariga chiqish bo‘lgan”.

Shavkat Mirziyoyev ushbu transafg‘on temiryo‘lini asr loyihasi deb atagan

Tasavvur qiling, bitta o‘zbek konteynerini Eron yoki Pokiston orqali tashish 3—4 baravar arzonlashadi, vaqt 4—5 baravar qisqaradi... Eksport qilish uchun yo‘l kerak. Yo‘l qisqa va arzon bo‘lganida, barqaror iqtisodiy rivojlanish ta’minlanadi, bu tadbirkorlarga foyda olib keladi, — deydi Prezident. 

Shuningdek, Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida ham ushbu loyiha haqida gapirib o‘tdi.

Temiryo‘l qanchalik muhim? 

Temiryo‘l O‘zbekistonning janubiy chegarasidan Mozori-Sharifgacha davom etib, Kobul orqali Pokistonning Peshovarigacha davom etadi. 

Shu tariqa loyiha 1800-yillarning oxirida Britaniya tomonidan qurilgan mavjud temiryo‘l infratuzilmasi bilan bog‘lanadi. 

Bu orqali dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan O‘zbekiston Pokiston portlari orqali dengizga tezroq va arzonroq chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu O‘zbekistondan Pokistonga yuk tashish uchun ketadigan vaqtni 35 kundan 3 kungacha qisqartiradi. 

Loyiha nafaqat O‘zbekiston uchun, balki mintaqadagi boshqa ko‘plab davlatlar uchun ham muhimdir. Temiryo‘l faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, Xitoyning Pokistonning Gvadar portini yuk tashish markaziga aylantirish rejalari kuchayadi.

Transafg‘on va transqirg‘iz temiryo‘li

Transafg‘on va transqirg‘iz temiryo‘li
Foto: The Economist

Transafg‘on temir yo‘lining dastlabki g‘oyasi ancha oldin paydo bo‘lgan. Rossiya va Buyuk Britaniya buni 20-asr boshlarida ko‘rib chiqqan. 

1970-yillarda Eron va SSSR, 2001-yilda AQSH boshchiligidagi G‘arb hukumatlari ham bu loyiha bilan qiziqib ko‘radi. Afg‘onistondagi xavfsizlik sharoitlari bunga imkon bermaydi.

Ammo hozir hokimiyat Tolibon qo‘lida va ular temiryo‘lni qo‘llab quvvatlamoqda. O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari xavfsizlik muammosini hal qilish va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish ustida hamkorlikda ishlamoqda. 

Agar loyiha amalga oshadigan bo‘lsa bu mintaqa uchun dunyo bilan yanada bog‘lanish va Rossiyaga qaramlikni kamaytirishga imkon beradi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »