O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda elektromobillar importi hajmi qanchalik o‘zgardi?
O‘zbekistonga oxirgi besh yilda 17 ta davlatdan jami 2620 ta elektromobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaga so‘nggi to‘rt yilda 991 ta, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 1629 ta elektromobil import qilingan.
So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:
- 2018-yilda — 13 ta;
- 2019-yilda — 39 ta;
- 2020-yilda — 130 ta;
- 2021-yilda — 809 ta;
- 2022-yil yanvar-sentabr — 1629 ta.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi besh yil mobaynida import qilingan jami elektromobillar uchun 71,8 million AQSH dollari sarflangan.
Mavzuga doir:
- Farg‘onada elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
- O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlovchi qurilma yaratildi
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar