Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2022-yil 1-noyabr kuni taniqli hind aktrisasi, modelyer Ayshvariya Ray 49 yoshga to‘ldi. Bollivud yulduzi o‘zining bir kam beshinchi o‘n yilligini millionlab muxlislar qurshovida ajoyib ko‘rinishda kutib oldi. Elle nashri uning yosh va go‘zal ko‘rinishining o‘ziga xos sirlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

1994-yilda Ray “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan va 2003-yilda u model Dautsen Krez, aktrisa va prodyuser Yeva Longoriya, qo‘shiqchi Jeri Xolliuel kabi yulduzlar bilan birga L’Orealning go‘zallik elchisiga aylangan. Ayshvariya butun umri davomida o‘z karyerasini faol ravishda rivojlantirdi va 2007-yilda u aktyor Abhishek Bachchan bilan turmush qurdi. To‘rt yil o‘tgach ularning oilasida Aradya Bachchan ismli qizaloq dunyoga keldi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Onalik baxtiga muyassar bo‘lgan Ray o‘z karyerasida jiddiy tanaffus qildi va bir necha yil o‘tgach, 2021-yilda u Le Defile L’Oreal Parij ko‘rgazmasida ko‘rinish berdi. Bollivudning eng talabgir aktrisalaridan biri hozirgacha filmlarda rol o‘ynashda davom etmoqda. O‘zining tashqi qiyofasini qanday saqlab qolgani haqida Ayshvariya ko‘plab intervyularda quyidagilarni ma’lum qilgan.

Foto: Elle

Foto: Elle

Aromaterapiya

Aktrisa aromaterapiya og‘ir kundan keyin organizmni dam olishiga va charchoqni bartaraf etishga yordam berishiga ishonadi. Efir moylari yordamida burundagi xushbo‘y retseptorlarga, limbik tizimga ta’sir qilish organizmdagi stress darajasini kamaytirishi mumkin. Uning sevimli efir moylari — sandal daraxti, moychechak va lavanda.

Foto: Elle

Foto: Elle

Sochlarni moylash

Sochni parvarish qilishda Ray yog‘ga asoslangan niqoblarini tayyorlash uchun erinmyadi: bosh terisini massaj qilish, o‘simlik va efir moylarini ishlatish, sochlarning elastikligi va mustahkamligini oshiradi. Ushbu niqoblar sochlar gullashining oldini oladi.

Foto: Elle

Foto: Elle

To‘g‘ri ovqatlanish

Zararli mahsulotlarsiz to‘g‘ri ovqatlanish zarur. Hamma narsa aniq va sodda ko‘rinadi, lekin odamlar hali ham bu haqiqatni qabul qilishi qiyin. Vazn kamaytirish masalalarida sport va to‘g‘ri ovqatlanishdan boshqa hech narsa ixtiro qilinmagan. Ayshvarya sog‘lom turmush tarziga rioya qilib, zararli odatlardan qochishga harakat qiladi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi

Ayshvaryaning dunyoviy suratlariga qarab, bunga ishonish qiyin, lekin baribir bo‘yanish masalasida “qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi” oltin qoidasiga amal qilish yaxshiroq deb hisoblaydi. Ray bu haqda o‘z intervyularidan ham bir necha bor muxlislariga aytib o‘tgan.

Foto: Elle

Foto: Elle

Kuniga sakkiz stakan suv

Ayshvariya Rayning go‘zallik sirlaridan biri suv rejimini o‘z ichiga oladi: aktrisa kuniga kamida sakkiz stakan suv ichadi. Bu odat organizmni va terini namlaydi, shuningdek, toksinlarni yo‘q qilishga yordam beradi. Albatta, bu ham chiroyli ko‘rinishning bir qismi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »