Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Aksariyat turk aktrisa va aktyorlari bitta loyiha tufayli ulkan muvafaqqiyatga erishgan. Ularning mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lgan loyihalar keyingi filmlar, seriallarda suratga tushishiga ham sababchi bo‘lgan. Elle nashri turk kino olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktrisa va aktyorlarni butun dunyoga mashhur qilgan seriallar haqida ma’lumot berdi.

Kaan Urganjio‘g‘lu — “Adolat” seriali 

“Adolat” seriali 2021-yilda tomoshabinlarga taqdim etildi. Serial sujeti politsiya, tergov, prokurorlar va, albatta, sevgi haqidagi voqealarni o‘z ichiga oladi. Bu Pinar Denizning birinchi marta loyihalarda suratga tushishi emas edi, biroq Kaan Urganjio‘g‘lu salbiy qahramon rolidan tomoshabinlarning sevimli qahramoniga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.

Aktyor “Sevgi iztirobi” serialida Amir rolini shu qadar mahorat bilan o‘ynaganki, ko‘pchilik uning boshqa seriallardagi ijrosiga e’tibor qaratmagan. Biroq hozir hammasi o‘zgardi, “Adolat” seriali ko‘plab tomoshabinlarning e’tirofiga sazovor bo‘ldi va aktyorning muxlislari yanada ko‘paydi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Jemre Baysal — “Taqdir o‘yini”

Turk aktrisasi Jemre Baysal “Taqdir o‘yini” serialini suratga olish jarayonlaridan so‘ng mashhurlikka erishdi. Serialdan olingan kadrlar TikTok’da ommalashdi. “Taqdir o‘yini” serialini Jemre uchun kelajakka chipta deb atash mumkin, chunki bu rol unga yangi rollar va shartnomalar, shuningdek, butun dunyoda mashhurlikka erishishiga sabab bo‘ldi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Sumeyye Aydo‘g‘on — “Meni eshit”

“Meni eshit” seriali yaqinda tomoshabinlarga taqdim etildi. Serialda ko‘plab yosh aktrisa va aktyorlar rol ijro etdi. Ular orasida Melissa obrazini ekranda gavdalantirgan Sumeyye Aydo‘g‘on ham bor. Suratga olish jarayonlarining boshida aktrisaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 10 ming obunachisi bo‘lgan, hozir uni kuzatib borayotganlar soni bir milliondan oshdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Burak O‘zchivit — “Sevgi iztirobi” seriali

“Sevgi iztirobi” seriali juda achinarli, biroq bu holat unda rol ijro etgan aktyor va aktrisalarga taalluqli emas. Serialda bosh rollarni ijro etgan Burak O‘zchivit, Neslihan Atagul va Kaan Urganjio‘g‘lu o‘z obrazlarini ishonarli tarzda ijro etdi va shundan keyin dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Xande Erchel — “Gunesh qizlari”

Ko‘plab tomoshabinlar Xande Erchelning “Gunesh qizlari” serialidagi ijrosini tanqid qilgan bo‘lsa ham, aktrisalar uchun bu loyiha ularning karyeralarida burilish nuqtasi bo‘ldi. Serial suratga olingandan keyin bosh rolni ijro etgan aktrisalarga hamkorlik va yangi shartnomalardan takliflar tushdi. Xande Erchel boshqa loyihalarda ham o‘z iste’dodini namoyon qila oldi va bu rol esa uning haqiqiy yutug‘i edi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Kerem Bursin — “Quyoshni kutish” seriali 

“Quyoshni kutish” seriali namoyish etilgandan so‘ng Kerem Bursin mashhurlikka erishdi, chunki boshqa rejissorlar ham aktyorga e’tibor qaratdi va uning karyerasi yuksala boshladi. Bundan tashqari, kutilmagan muvaffaqiyatdan so‘ng, loyiha boshqa mamlakatlarga ham sotila boshladi va mashhur bo‘ldi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Melisa Dongel — “Eshigimni qoq” seriali

“Eshigimni qoq” seriali nafaqat Kerem Bursin va Hande Erchelni, balki aktyorlar tarkibidagi qolgan aktyorlarni ham yanada mashhur qildi. Melisa Dongel loyihaning omadli aktrisasiga aylandi. U “Eshigimni qoq” serialidagi rolidan so‘ng boshqa ko‘plab: “Sevgi. Intellekt. Qasos”, “Dunyo va mening o‘rtamda”, “Sevgi taktikasi 2” kabi loyihalarda bosh rollarni ijro etdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Maryam Uzerli — “Muhtasham yuz yil” seriali 

Maryam Uzerli dunyodagi eng taniqli turk ayollaridan biri hisoblanadi. “Muhtasham yuz yil” deyarli barcha mamlakatlarda efirga uzatildi, shuning uchun aktrisa ijrosidagi qizil sochli Xurram Sulton obrazi unga yorqin kelajakni taqdim etdi. Yagona muammo shundaki, u qaysi filmda suratga tushmasin, hamma tomoshabinlar uni Sulton Sulaymonning sevimli rafiqasi sifatida tanishda davom etadi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Demet O‘zdemir — “Tonggi qush” 

Turk aktrisasi Demet O‘zdemir mashhurlik bo‘yicha Maryam Uzerli va Xande Erchel bilan bir qatorda turadi, biroq kechroq muvafaqqiyatga erishgan. Aktrisa “309-raqam” va “Qulupnay hidi” seriallarida rol ijro etgan, biroq bu loyihalar tomoshabinlarning e’tiboriga tushmagan. Demet O‘zdemir serialda turk aktyori Jan Yamanning partnyori bo‘lgan, shundan keyin aktrisa mashhurlikka erishdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »