Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Senati saytiga hujum uyushtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis Senati sayti 2-noyabr kuni xakerlar hujumiga uchragan edi. Ushbu holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv vaqtida aniqlanishicha, 2022-yilning sentabridan boshlab Norin tumani Ulug‘bek ko‘chasida yashovchi, voyaga yetmagan 16 yoshli M.B. boshqalar bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, internet ijtimoiy tarmog‘i orqali kiberhujum uyushtirishga oid materiallarni ko‘rish orqali, ushbu yo‘nalishda noqonuniy xatti-harakatlarni o‘zlashtirib olib, 2-noyabr kuni Oliy majlis Senatiga tegishli bo‘lgan “www.senat.uz” veb-saytiga hamda boshqa saytlarga noqonuniy kiberhujumlar amalga oshirgan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 278-2-moddasi 2-qismi “a” bandi (kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlar BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (30 million so‘mdan 90 million so‘mgacha) miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha kelgusi tergov harakatlarni amalga oshirish maqsadida IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituviga qabul qilingan.

Qayd etilishicha, tergov yakuniga ko‘ra barcha aybdorlarga qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Mavzuga doir: Senat saytiga 14 yoshli bola emas, boshqa bir xaker buzib kirgani ma’lum qilindi (video)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »