Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentda terrorizmni moliyalashtirgan 29 yoshli fuqaro 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, 1993-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro 2014-yilda o‘qish vizasi bilan Janubiy Koreyaga borgan va keyinchalik turli zavodlarda ishlagan. 2018-yilning o‘rtalarida esa internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g‘oyaviy rahnamolarining hijrat, jihod, shahidlik to‘g‘risidagi audio-video ma’ruzalarini tinglab, ularga xayrihohlik bildiradi hamda aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni atrofdagilarga tarqata boshlagan.

2020-yilda u O‘zbekistonga qaytganidan keyin ham noqonuniy harakatlarini davom ettirgan. Hatto “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti a’zolarining virtual da’vatlari ta’sirida, yaqinlaridan yashirincha Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan. Lekin maqsadi amalga oshmagach, jangarilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni reja qiladi.

Shu tariqa u 2021—2022-yillar davomida o‘zi va boshqa maslakdoshlarining jami 24 million 222 ming so‘m miqdoridagi mablag‘larini “moliyaviy jihod” sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari va elektron ilovalar orqali Suriyadagi jangarilarga yuborgan.

DXX va IIV xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur shaxsning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

U Jinoyat kodeksining 244-1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 244-2 (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) va 155-3 (terrorizmni moliyalashtirish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga doir: Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »