Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda haligacha majburiy mehnat holatlari uchramoqda. Bu haqda Senat raisi Tanzila Norboyeva Kari Tapiolaning “Paxta dalalarida ishonchning mustahkamlanishi: Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi faoliyati” nomli monografiyasi taqdimotida aytib o‘tdi.

Tanzila Norboyeva

Tanzila Norboyeva
Foto: Senat

Senat axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 22-noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining sobiq maslahatchisi Kari Tapiola qalamiga mansub kitob taqdimoti o‘tkazilgan. Tadbirda Tanzila Norboyeva mamlakatda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida erishilgan natijalar haqida gapirgan.

Bugun keng xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning bolalar va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha o‘ziga xos milliy tajribasi ko‘plab davlatlar uchun namuna bo‘lishi kerakligini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Majburiy mehnatning ayrim holatlariga hali ham duch kelyapmiz. Ular boshqa sohalarda ham namoyon bo‘lmoqda. Bu esa joylardagi ayrim rahbarlar, ish beruvchilar ongida haligacha saqlanib qolgan ma’muriy-buyruqbozlik usullarining qoldiqlari ekanligining dalolati – bular biz ayovsiz kurashayotgan sovet o‘tmishining qoldiqlaridir. Bugungi kunda mamlakatimizda o‘rta va kichik biznes jadal rivojlanmoqda.

Yangi ish o‘rinlari yaratish jarayoni to‘xtovsiz davom etmoqda va biz ularni xalqaro standartlarga to‘liq javob berishini ta’minlashimiz kerak, – degan Senat rahbari.

Ma’lum qilinishicha, Kari Tapiola muallifligidagi monografiyada O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashish va xalqaro mehnat huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda natijalar keng yoritilgan.

Izoh

Кахрамон Кобилов

23.11.2022, 19:31

Совет утмиши хакида гапирма хоин

Жамшидбек

23.11.2022, 18:24

Иш уринлари яратиш факат кагоздаку бутин кишлок ахолисининг 5фоизи ишлайди колганига иш йукку бу рахбарларни виждони кийналармикин Хар Сафар ёлгон гапирганда

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »