Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov hududda yangi qurilgan ko‘p qavatli uylarni ko‘zdan kechirar ekan, uylarga kirib-chiqish uchun nogironligi bo‘lgan fuqarolarga imkoniyat yaratilmaganini tanqid qildi. Bu haqda viloyat rahbari Shuhrat Abdurahmonovning shaxsiy Telegram-kanalida xabar berildi.

Viloyat rahbari ko‘p qavatli uylar oldidagi nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun qurilgan yo‘lakchani ko‘rsatib, quruvchiga nogironlik aravachasiga o‘tirib, shu yo‘lakdan yurib ko‘rishini tayinlaydi.
Anavi bilan tepaga chiqing, aravachaga o‘tiring va shu yo‘lakdan chiqing, men hazillashmayapman, — deydi viloyat hokimi quruvchiga murojaat qilar ekan.
Hokim topshirig‘iga ko‘ra aravachaga o‘tirgan quruvchi yo‘lakchaning yarmiga ham yetmay to‘xtab qoladi va aravachadan tushadi. Bunga javoban Shuhrat Abdurahmonov “Siz sog‘siz, aravachadan darrov tushib oldingiz, nogiron odam bo‘lsa, nima qilardi?”, — dedi. Va bu yo‘lak talabga javob bermasligini ma’lum qildi.

Shuhrat Abdurahmonov kuzatuvlari davomida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar podyezdining oldiga borib, shu uy quruvchisini ham nogironlik aravachasiga o‘tqazib, uyga kirishini tayinlaydi. Biroq uyga kirishga aravacha uchun yo‘lakcha bo‘lmagani bois aravadagi quruvchi ichkariga kirolmaydi.

Hojiakbar, Xudo saqlasin bolam, hech kimning boshiga nogironlikni solmasin, shu uylardan nogiron odam oldi deylik, yoki qarindoshi keldi. Yoxud hozir sog‘lom odam ertaga nogiron bo‘lib qoldi deylik, nima qiladi? Hozir hammang uyni qurdim deb ketyapsan, nogironlar ham inson. Hozir hurmatli prezidentimiz hammaning qadri bo‘lsin deyapti. Inson qadri deganda, ularni ham inobatga olishimiz kerak. Biz Yangi Andijon shahrida buni inobatga olishimiz kerak, — deydi viloyat rahbari quruvchilar bilan muloqot qilar ekan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »