Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turk kino olamining shunday mashhur vakillari borki, ularning farzandlari yosh bo‘lishiga qaramay, ota-onalaridan ko‘ra ko‘proq mashhurlikka erishgan. Elle nashri turkiyalik mashhurlarning o‘zidan ham ko‘proq mashhur bo‘lish imkoniyatiga ega farzandlari haqida ma’lumot berdi.

Mavi — Gamze Erchel va Janer Yildirimning qizi 

Mavi nafaqat mashhur brendlarning yuziga aylanib borayotgan Gamze Erchelning qizi, balki dunyoga mashhur turk aktrisasi Xande Erchelning jiyani hamdir. Qizaloqning otasi esa tor doiralarda va shu bilan birga ommaviy axborot vositalarida juda taniqli arxitektor hisoblanadi. Qizaloq ijtimoiy tarmoqlarni zabt etmoqda va uning Xande bilan tushgan suratlari muhokamalarga sabab bo‘ladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Mavi o‘zi uchun qaysi yo‘lni tanlashi hali aniq emas, biroq agar bu yo‘l kino karyerasi bo‘lsa, unda Mavi Yildirim xolasidan ko‘ra ko‘proq mashhur bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Barcha muxlislar qizaloqni oson taniydi va shuning uchun rejissorlardan biri unga birinchi rolini berishi mantiqan to‘g‘ri.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Karan — Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning o‘g‘li 

Ko‘plab tomoshabinlar Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning farzandi Karan haqida biladi, bolakay reklama roligida suratga tushib 57 300 dollar miqdoridagi mablag‘ni qo‘lga kiritgan. Karan kadrda bor-yo‘g‘i besh soniya bo‘ldi va u otasi va onasiga qaraganda ko‘proq foyda oldi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Mashhur ota-onalar o‘z farzandi bilan ekranda ko‘rinish berishi bilan ularga takliflar tusha boshlaydi. Karan otasining taqdirini takrorlaydimi yoki yo‘qmi, bu hozircha noma’lum, biroq uni reklama roligida suratga tushib, eng katta mablag‘ olgan bolakay deb atash mumkin.

Foto: Elle

Foto: Elle

Mayya Bashol — Asi va Emrah Basholning qizi

Mayya Bashol “Eshigimni taqillat” serialida Serkan Bolat va Eda Yildizning qizi rolini o‘ynadi. Hammasi ijtimoiy tarmoqlarda qizning onasi qizining akkauntini ochishga qaror qilganidan boshlandi. Qizaloq o‘z kiyimlarini sinchkovlik bilan tanlaydi, suratga oladi va muntazam ravishda yangi kadrlarni sahifasiga joylaydi. Shundan keyin aktrisaga bir qancha takliflar tushdi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Mayyaning otasi taniqli biznesmen, shuning uchun ham uning mashhur bo‘lishi tabiiy edi. Biroq qizaloqning ota-onasi qizining muvaffaqiyatiga soya sola olmadi, sababi u juda xarizmatik va iste’dodli. Maya Bashol tez orada yulduzga aylanishi mumkin.

Foto: Elle

Foto: Elle

Lara va Lili Koli — Maryam Uzerlining qizlari 

“Muhtasham yuz yil” serialida Xurram Sulton obrazini gavdalantirgan aktrisa Maryam Uzerli ikki qizning baxtli onasi. Maryamning muxlislari ko‘pincha qizaloqlarining unga juda o‘xshab ketishi haqida yozadi. Bu holatda qizlar onasidan ko‘ra ko‘proq mashhur bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega, chunki aktrisaning qizlari bilan tushgan surati muhokamalarga va turli xil izohlarga sabab bo‘ladi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Lili Koli hali juda kichik, biroq Lara yaqin kelajakda seriallarda rol o‘ynashi mumkin. Aktrisa loyihalarda suratga tushish qiyinligini bilgani bois qizlarini bu ishlardan yiroq tutadi. Biroq ertami-kechmi qizlar onasining izidan borishi mumkinligini inkor etish befoyda.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Ebrar Demirbilek — Erdar va Leyla Demirbilekning qizi 

Ebrarning ota-onasi aktyorlik muhitidan uzoqda bo‘lsa ham, u haqiqiy yulduzga aylangan. Qizaloqning dadasi qimmatbaho butikning egasi, shuning uchun u mashhurlar va badavlat turklar orasida juda mashhur. Biroq tadbirkorning qizi undan ko‘ra mashhurlikka erishgan.

Foto: Elle

Foto: Elle

Qizaloq “Beqaror” serialida suratga tushganidan keyin mashhurlikka erishdi, u serialda bosh qahramonning singlisi rolini ijro etdi. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda qizaloqning Kerem Bursin bilan serialda bosh rolni o‘ynashi haqida mish-mishlar tarqalmoqda, bu uning reytingini yanada oshiradi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Ali — Halit Ergench va Berguzar Korelning o‘g‘li 

“Muhtasham yuz yil” seriada Sulton Sulaymon rolini ijro etgan aktyor Halit Ergench o‘z farzandlarini ommaviy axborot vositalari diqqat-e’tiboridan astoydil himoya qiladi. Biroq aktyorning muxlislari to‘ng‘ich o‘g‘li Alining suratlaridan bahramand bo‘lishi mumkin. Alining ko‘zlari otasining o‘tkir kulrang ko‘zlariga o‘xshamasa ham, u juda chiroyli ko‘rinishga ega. Ko‘plab muxlislar uning taniqli ota-onasidan ko‘ra mashhurlikka erishishini aytmoqda.

Foto: Elle

Foto: Elle

Umuman olganda, bu fikr to‘g‘ri, Ali hatto paparatssilarni hayratda qoldirib, kamerada yaxshi suratga tushadi. Agar Halit farzandini cheklamasa va unga o‘zini aktyor sifatida sinab ko‘rishga imkon bersa, Ali ham mashhurlikka erishadi.

Foto: Elle

Foto: Elle

Tarik Emir Tekin — Shevval Samning o‘g‘li 

“Muhtasham yuz yil” serialidagi Valide Sulton roli bilan tomoshabinlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan aktrisa Shevval Semning farzandi allaqachon voyaga yetgan. Shuning uchun u o‘z karyerasini qurmoqda va mashhurlikka erishmoqda. Takin 25 yoshda va u Oksford drama maktabini tamomlagan. Aktyorning karyerasi yaqinda boshlangan, biroq uning onasini ortda qoldirish uchun barcha imkoniyatlari bor.

Foto: Elle

Foto: Elle

Takin 2020-yilda “Vafosiz” teleserialida rol o‘ynadi va hozirda u Alina Boz uning partnyori bo‘lgan “Farishtalar ertagi” loyihasida bosh rolni oldi. Bu juda yaxshi boshlanish, chunki aktrisa juda ko‘p rollarga ega va hatto Turkiyada “Oskar” mukofotiga teng bo‘lgan “Oltin kapalak”ni olgan.

Foto: Elle

Foto: Elle

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »