Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xonanda Anvar Sanayev “Omon-omon” ko‘rsatuviga bergan intervyusida yoshligi, ota-onasi qattiqqo‘l bo‘lgani va farzandlari haqida gapirib berdi.

Anvar Sanayev bolaligi, ota-onasi juda qattiqqo‘l bo‘lgani haqida 

Bizning bolaligimiz sokin, tinch o‘tgan. Sho‘x bo‘lmaganman, bu uydagi tarbiyaga ham bog‘liq bo‘lsa kerak. Ota-onam juda qattiqqo‘l bo‘lgan, ko‘p hollarda uyda bo‘lar edik. Darsni ham o‘z vaqtida qilib, o‘z vaqtida uxlaganmiz. Kechki payt uydan hech qayerga chiqarishmas edi. Hozirgacha farzandlarimga qattiqqo‘lman. Oiladan nima ko‘rgan bo‘lsak, hozirgacha shu.

“Ikki o‘g‘lim AQSHda tahsil oladi”

Hozir farzandlarim bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali har kuni gaplashib turamiz, undan tashqari boramiz ham. Ikki o‘g‘lim ham AQShda tahsil oladi. Kattasi katta tennis bilan shug‘ullanadi. Kichkinaligidan Denis Istomin maktabiga berganmiz. Videolarini olib, Amerikaga jo‘natganida taklif qilishdi, ketdi. Kichkinasi esa dasturchi. U ham o‘tgan yili AQShga o‘qishga kirdi.“Agar ularda ‘yorib chiqadigan’, zo‘r iste’dodni ko‘rganimda san’atda qoldirar edim”

Kichkina o‘g‘lim va qizim boshida san’atni tanlagan edi. Bunga o‘zim qarshi bo‘ldim, sababi san’atda zo‘r bo‘lmasa bo‘lmaydi. Agar ularda ‘yorib chiqadigan’, zo‘r iste’dodni ko‘rganimda san’atda qoldirar edim.

Xonanda, shuningdek, onasi bilan bog‘liq xotiralarini yodga oldi

Otam shoir bo‘lgani uchun onam she’r yozib bering deb qistar edi. ‘Sevaman’ degan she’rlarni yozib bering, aytsin derdi. Onam vafot etgandan keyin ‘Men sevaman’ degan she’rni atayin yozganmiz. Bu she’r qo‘shiqqa aylangan.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »