Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiyada 4-dekabr kuni aktyor Jem Davran va Chag‘la Shikel boshchiligida “Oltin Kapalak” mukofotining 48-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Turkiyaning 10 nafar taniqli aktyor va aktrisalari “Eng yaxshi aktyor”, “Eng yaxshi aktrisa” va boshqa nominatsiyalarda g‘oliblikka da’vogarlik qildi.

Ba’zi muxlislar tanlovning natijasidan hayratda qoldi, ba’zilari esa o‘zining sevimli aktyori yoki aktrisasi g‘oliblikni qo‘lga kiritganidan xursand bo‘ldi. Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar jamoatchilik ovozi va hakamlar hay’ati bahosiga ko‘ra tanlandi, umuman olganda, tomoshabinlar va kino mutaxassislarining fikri inobatga olindi.

Tanlov turk ommaviy axborot vositalarida obro‘sizlantirgan va ko‘plab mashhurlar uning natijalarini tan olishdan bosh tortgan bo‘lsa-da, ko‘plab muxlislar uning natijasi bilan qiziqdi. Mukofot esa aktyor, aktrisalar, suratga olish guruhlari mehnatining natijasi hisoblanadi.

Tanlovdagi ishtirokchilar turli: xonandachilik, aktyor, aktrisa, teleboshlovchi, teleko‘rsatuv, sport ko‘rsatuvi yo‘nalishlarida qatnashdi.

“Hukm” seriali ko‘plab nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“Yilning eng yaxshi seriali” — “Hukm” 

“Hukm” seriali ikkinchi mavsumda ko‘plab tomoshabinlarning e’tiboriga tushgan teleloyihaga aylandi. Tomoshabinlar va kino mutaxassislari “Hukm” serialini ushbu yo‘nalishda g‘oliblikka loyiq ko‘rdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” — Pinar Deniz

“Hukm” serialida advokat Jeylin obrazini jonlantirgan Pinar Deniz “2022-yilning eng yaxshi aktrisasi” deb topildi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Yilning eng yaxshi aktyori” — Kaan Urganjio‘g‘lu

“Hukm” serialida bosh rolni ijro etgan aktyor Kaan Urganjio‘g‘lu o‘z yaqinlarini sevishni va ularga sadoqatli bo‘lishni biladigan halol, adolatli prokuror Ilgaz obrazini gavdalantirdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Pinar Deniz butun jamoasiga va partnyoriga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

“Siz doim yonimda bo‘ldingiz, aziz partnyorim Kaan. Ayniqsa, siz menga yo‘l ko‘rsatdingiz, mening ajoyib jamoam bor”, — deydi aktrisa.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Yilning eng yaxshi rejissori” — Ali Bilgin “Hukm” seriali

Ali Bilgin — taniqli turk rejissori, ssenariy muallifi, prodyuseri va aktyori, uning filmografiyasida 17 ta loyiha mavjud. Ulardan eng mashhurlari: “To‘lqin”, “Jasur va go‘zal”, “Qarg‘a”, “Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”, “Orol ertagi” loyihalaridir.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Eng yaxshi ssenariy” — Sema Ergenekon “Hukm” seriali

Taniqli turk ssenariy muallifi Sema Ergenekonning ko‘plab loyihalari muvafaqqiyatga erishgan.  Uning filmografiyasida 19 ta loyiha mavjud. Eng mashhurlari “Kumush”, “Sila. Uyga qaytish”, “Lolalar vaqti”, “Kara amaki”, “Pul va gul ishqi”, “Oq-qora sevgi”, “Gulpari”, “Sovuq” loyihalaridir.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Aktrisalik yo‘nalishi bo‘yicha yil kashfiyotlari” — Nilsu Aktash

“Gelsin hayat bildiği gibi” serialida rol o‘ynagan aktrisa Nilsa Berfin Aktash “Aktrisalik yo‘nalishi bo‘yicha yil kashfiyoti” yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Uch opa-singil” serialida bosh rolni ijro etgan aktrisa O‘zgu Kaya 2-mavsumda uch opa-singil hayoti haqidagi ta’sirli hikoyasi bilan tomoshabinlarni o‘ziga rom etdi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

ATV telekanalida uch mavsumdan beri namoyish etilayotgan “Oila uchun” serialida suratga tushayotgan aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun ham ushbu yo‘nalishda g‘olib bo‘ldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Tarik Tekin “Farishtalar ertagi” serialidagi Onur rolini ijro etdi. Serialning reytingi past bo‘lsa-da, mavzu va aktyorlar mashhurlikka erishdi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Internetdagi eng yaxshi serial” — “Dunyo va mening o‘rtamda” 

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Eng yaxshi komedik serial” — “Gibi”

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Eng yaxshi komedik aktyor” — Feyaz Yigit

Aktyor Feyaz Yigit “Gibi” serialida bosh qahramonlardan biri Yilmaz rolini ijro etgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Eng yaxshi komedik aktrisa” — Ezgi Mola

Ezgi Mola Netflix’da namoyish etilgan “Ershan kuneri” serialidagi roli uchun “Oltin kapalak” mukofotini oldi.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

“Ekrandagi eng yaxshi juftlik” — Onur Yaran va Su Burju Yazgi Joshkun 

“Oila uchun”  serialidagi Doruk rolini ijro etgan aktyor Onur Seit Yaran va Asiye obrazini gavdalantirgan aktrisa Su Burju Yazgi Joshkun ekrandagi eng yaxshi juftlik bo‘ldi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, uch mavsum davomida bu juftlik ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p tilga olingan serial juftliklari 10 taligida birinchi o‘rinni egallagan.

Foto: “Yandeks.ru”

Foto: “Yandeks.ru”

Ilayda Alishan va Burak Yoruk — “Romantik komediya serialidagi eng yaxshi aktyorlar” 

Aktyor Ilayda Alishan va Burak Yoruk “Sevib qolasiz” serialidagi ishtiroki uchun mukofotga ega bo‘ldi. Loyiha yuqori reytingga ega bo‘lmasa-da, xorijiy davlatlar sitkomga qiziqish bildirishdi va flayerni o‘z mamlakatlarida translyatsiya qilish huquqini sotib oldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Eng yaxshi mitti aktyor” — Azra Aksu

Azra Aksu yosh bo‘lishiga qaramay, Turkiyada mashhurlikka erishgan. U atigi 1 yoshida ko‘plab kompaniyalarning reklama yuziga aylangan. Uning birinchi e’tiborga molik roli 2021-yilda ekranlarga chiqqan “Bu mening ertagim” teleserialida, keyin esa “Taqdirim o‘yini” romantik komediyasida bo‘lgan. Hozir Azra 2022—2023-yilgi mavsumning yangiligi “Kichik yorug‘lik nuri”da Gunesh rolini ijro etadi. Kichkina qizaloq uchun qiyin rol, uning qahramoni gapira olmasligi va qahramon barcha his-tuyg‘ularini, tajribalarini yuz ifodalari, imo-ishoralar, ko‘zlar bilan yetkazishi kerak bo‘ladi.

Butun jamoasiga, ayniqsa, onasi va otasiga minnatdorchilik bildirgan Azra Aksu mukofotni olishdan oldin: “Iltimos, uysiz hayvonlarni asraylik. Ularni sevaylik va himoya qilaylik. Zarar yetkazmaylik, men shuni xohlayman”, — deb fikr bildirdi va tomoshabinlarning gulduros qarsaklarini oldi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Shou-biznes yulduzlari to‘planadigan har qanday tadbir singari, bu marosim ham muxlislarning aralash izohlariga sabab bo‘lgan ajoyib liboslar bilan yodda qoldi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »