Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Afg‘onistondagi Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘lini boshqarish huquqidan mahrum bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati buni rad etdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, 5—6 dekabr kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi vakillari o‘rtasida 2023-yilga mo‘ljallangan Hayraton—Mozori-Sharif temiryo‘l uchastkasidan foydalanish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida bayon qilindi, lekin ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan chetda qoldi.

Muzokaralar yakunida Afg‘oniston hududidagi temiryo‘llarga xizmat ko‘rsatish (ekspluatatsiya)da ishtirok etish uchun afg‘onistonlik mahalliy texnik xodimlarini bosqichma-bosqich jalb qilish bo‘yicha amaldagi shartnomani uzaytirish va yo‘l xaritasini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Shuni alohida ta’kidlash kerakki, joriy yilning aprel oyida ham Afg‘onistondagi temiryo‘l uchastkasiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qator OAVlar tomonidan asossiz ma’lumotlar tarqatish holatlari bo‘lgan. Holat yuzasidan Afg‘oniston temiryo‘llari rahbari B.Sharafat rad etgan edi. Jumladan, Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama uchrashuvda janob M.Sharafat bunday bayonotlar bo‘lmaganligini ma’lum qildi va O‘zbekistonning ‘Sogdiana Trans’ SHK bilan muvaffaqiyatli hamkorlik to‘g‘risida ingliz tilida tegishli intervyu ham berdi”, — deyiladi xabarida.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati Afg‘oniston bilan hamkorlik haqida kelgusida ham axborot berib borishini bildirib, axborot olishda rasmiy va tasdiqlangan manbalardan foydalanishga chaqirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »