Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni vaqtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnoma yo‘llamoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Davlat rahbari 2023-yili 70 ta yangi maktab qurilishi, yana 460 tasi kengaytirilishini aytdi.

“Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelasi besh yilda ularning sonini mingtaga yetkazamiz”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yil boshidan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilishini ta’kidlandi.

“Bu borada yetarli tajriba orttirdik. Endi, kelasi o‘quv yilidan ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratiladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident, shuningdek, maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelayotgani hammamizni o‘ylantirishi kerakligini aytdi.

“Shu bois, 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur. Bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta’lim standartlari joriy etiladi. Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi”, — dedi davlat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 2022-yil 1-aprelidan  joriy etilgan.

Prezidentning “2022—2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”dagi farmoni, “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktablarda o‘quvchilar bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar yuz beradi. O‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ular kasbga yo‘naltiriladi va o‘qitiladi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »