Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri IIBB YHXB sayti buzilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur ma’lumot haqiqatga mos kelmaydi. Hozirgi kunda Toshkent shahri IIBB YHXB sayti mavjud emas. 2018-yilda ushbu saytni yuritish uchun test rejimida platforma ishlab chiqilgan, lekin o‘rnatilgan talablarga, shu jumladan, xavfsizlik normalariga javob bermagani uchun sayt faoliyati to‘xtatilgan.

Ichki ishlar vazirligi barcha rasmiy resurslarining xavfsizligi to‘liq ta’minlangan. Ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz, — deyiladi bayonotda.
Tarqalgan xabarlarda xakerlar jamoasi shahar IIBB YHXB saytiga hujum uyushtirgani, ma’lumotlar bazasiga kirishning uddasidan chiqib, 60 mingta jarima ma’lumotidan 27 mingtasini qo‘lga kiritgani va mingtadan ortiq jarimani o‘chirib yuborgani aytilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »