Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya aerodromlardagi portlash Ukraina energetika tizimiga raketa zarbalari berishni murakkablashtirishi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hozircha Ukrainaning Rossiyadagi aerodromlarga bergan zarbalari jiddiy oqibatlarga olib kelmadi. Ammo aerodromdagi samolyotlarni boshqa joyga ko‘chirishga undadi, bu esa Rossiyaning Ukraina elektr tarmoqlariga qanotli raketalar uchirishini murakkablashtirishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Rossiya “Engels” aerodromidan Ukrainaga asosan qanotli raketalar uchiradi. Ammo aerodromda yuz berayotgan portlashlar raketalarni nishonga bormasdanoq yo‘q qilinishiga olib kelishi mumkin.

Ukrainalik harbiy ekspert Sergey Grabskiyga ko‘ra, ukrain harbiylari qonuniy harbiy nishon bo‘lgan aerodromlar, yoqilg‘i va o‘q-dorilar omborlariga zarba beroladi.

“Qrimdagi nishonlarga hujum va transchegaraviy artilleriya duellari odatiy holga aylandi, sababi urush Rossiya va vaqtincha bosib olingan yarim orolga yaqinlashdi. Hujumga javob reaksiyasi yo‘q. Nega? Chunki ruslarning bunga imkoni yo‘q”, — deydi Grabskiy.

NYTning qayd etishicha, Ukrainaning rus aerodromiga zarbalari Rossiya qanotli va taktik ballistik raketa zahiralarini qisqartirishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan.

26-dekabrga o'tar kechasi Rossiyaning Saratov viloyatidagi “Engels' harbiy aerodromida portlashlar sodir bo'lgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlumotiga koʻra, havo hujumidan mudofaa kuchlari aerodrom uzra Ukraina droni urib tushirgan, uning qismlari qulashidan uch nafar askar halok boʻlgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »