Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini o‘zgartirishni da’vat etuvchi materiallarni targ‘ib qilgan shaxs 3 yil 6 oyga qamaldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ma’lum qilinishicha, 1999-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan X.B. 2019-yil ishlash maqsadida Rossiyaga borib, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi”, “Turkiston islom harakati” kabi terroristik tashkilotlar tarafdorlarining ta’siriga tushib qolgan. Ular bilan bo‘lgan virtual muloqotlarda Suriyadagi vaziyat, “jihod” qilish, u yerga borish yo‘l-yo‘riqlari va xarajatlari bo‘yicha fikr almashgan.

Shuningdek, Telegram’da virtual kanal ochib, O‘zbekistonning amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga da’vat etuvchi hamda aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan.

2021-yil O‘zbekistonga qaytib kelgach, ijtimoiy tarmoqlarda aqidaparastlik mazmunidagi materiallarni tarqatishni davom ettirgan.

DXXning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudi tomonidan mazkur shaxs Jinoyat kodeksining 159 (O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va 244-1-moddalari (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Mavzuga doir: Toshkentdan turib Suriyadagi jangarilarni moliyalashtirgan erkak 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »