Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev darsga borish uchun daryodan qayiqda suzib o‘tayotgan o‘quvchi qiz tahsil oluvchi maktabga bordi. Va uning onasi bilan suhbatlashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ilmga intilgan o‘quvchi qiz rag‘batlantirilgan.

Foto: Videodan skrinshot

Foto: Videodan skrinshot
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan daryodan qayiqda suzib o‘tgan o‘quvchi qiz voqeasiga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev e’tibor qaratdi. Bugun viloyat rahbari Guliston tumani “Sohilobod” mahallasidagi 15-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi va videoda aks etgan holat ishtirokchisi, asli Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “Yangi hayot” mahallasida yashovchi Zamira To‘ychiyevaning onasi bilan samimiy suhbatda bo‘ldi, — deyiladi viloyat hokimligining bu haqdagi rasmiy axborotida.

Qayd etilishicha, hokim o‘quvchi qizning yaxshi ta’lim olishi uchun yordamga tayyorligini bildirgan.

Foto: Videodan skrinshot

Foto: Videodan skrinshot
Avvalo, qizingizning jasoratini ko‘rib qoyil qoldim. Ilmga chanqoqligi shundoqqina ko‘rinib turipdi. Chuqur ta’lim olishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha yordamni ko‘rsatamiz, — degan viloyat hokimi qizning onasi bilan suhbatda.
Shuningdek, o‘quvchi qiz Zamira To‘ychiyevaga o‘qishda foydalanishi uchun noutbuk, kitoblar jamlanmasi hamda Yangi yil sovg‘alari berilgan.

Izoh

Maftuna Khudayarova

28.12.2022, 20:00

Shunday hokimlarimizga, alohida e'tibor ko'rsatayotganlarga rahmat, rag'batlantirganlariga ham respekt, zo'r. Qizchaga ham gap yo'q, qo'rqmay yolg'iz o'tyapti, qoyil qolish kerak. Lekin, bu juda xavfliku, oqim ko'rinib turibdi, qayiqni olib ketib qolyapti, sal kuchliroq oqim bo'lsachi, qizchani kuchi yetishi dargumon, agar qizcha yoki oilasi qisqa yo'lni ko'zlab shu ishni qilayotgan bo'lsa, bu juda xavfli. Shu yerda hokim buvamiz ko'prik qilib berolmasa ham qayiqda o'tkazib qo'yadigan tajribali yoshi katta bir odamni biriktirib qo'ysalar, maoshmi va.h tashkil qilib bersalar yaxshi ish bo'lardi, qizchani tanimayman lekin doimiy shunday qilayotganini o'ylab uxlolmay chiqsam kk endi, yosh bolalarni o'zlari qayiqni boshqarishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Hokim buvamiz yoki boshqa mas'ullar yechim qilib bersinlar, natijani ko'raylik, tinch uxlaylik.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »